Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI ZARNIGOR URMONOVA SAMBO BO’YICHA OSIYO CHEMPIONI
2019-09-20    3089

Joriy yilning 12-15 sentabr kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida Sambo bo'yicha 2019 yilgi Osiyo chempionatida Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 4-bosqich talabasi Urmonova Zarnigor oltin medalni qo’lga kiritdi.

Osiyo chempionatida 56 kg vaznda ishtirok etgan Zarnigor musobaqalarga chorak finaldan qo’shildi. U dastlab hindistonlik Singh Shwetani, yarim finalda Janubiy Koreya vakilasi Jang Yujinni mag’lub etdi. Finalda esa qozog’istonlik Kenbeil Azhar bilan bellashib, unga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va ikkinchi bor Osiyo chempionligini qo’lga kiritdi.

Bunga qadar Zarnigor sambo sport turi bo’yicha 4 karra O‘zbekiston chempioni, Osiyo chempionatida 2 marta ikkinchi o’rin, bir marta birinchi o’rinni egallagan. Jahon kubogida 2 o’rinni qo’lga kiritgan. U shuningdek, 2019 yilning noyabr oyida Janubiy Koreyada o’tkaziladigan Jahon chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritib, qattiq tayyorgarlik ko’rmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 16-sentyabr kuni Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan o'zbekistonlik sambochilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 40 ta medal qo'lga kiritdi. Ularning 23 tasi oltin, 11 tasi kumush va 6 tasi bronza medallaridir. Musobaqa yakuniga ko'ra, sambochilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlar mos ravishda Qozog'iston va Mo'g'uliston terma jamoalariga nasib qildi. 

Fursatdan foydalanib, universitet ma’muriyati erishilgan muvaffaqiyat bilan Zarnigor Urmonova va murabbiylarimizni tabriklaydi. 

   

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.