Andijon Davlat
Universiteti
DIQQAT E'LON! “YIL TALABASI – 2019” KO'RIK-TANLOVI UNIVERSITET BOSQICHIGA START BERILDI
2019-09-19    4250

Hurmatli talaba-yoshlar! “Yil talabasi – 2019” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi start oldi. Unda ishtirok eting va o‘z iqtidoringizni namoyon qiling.

Tanlovning asosiy maqsadi: Jamiyatga, davlatga yetuk, yosh kadrlarni yetishtirib berish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, oliy o‘quv yurtlaridagi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish hamda rag‘batlantirishdan iborat.

Har bir fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari fakultet bo‘yicha nomzodlarning hujjatlarini muvofiqlashtirishga mas’uldirlar.

MUROJAAT UCHUN TELEFON: +99899-905-58-82

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  1. “Yilning o‘zmutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”, bunda talabaning oliy o‘quv yurtiga kirgandan boshlab, fanlarni o‘zlashtirish va o‘quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;

ISHCHI GURUHI: o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Mamatyusupov-ishchi guruh raisi, Umarov Azizbek, B.Badalov-ishchi guruh a’zolari

 

  1. “Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi”, bunda talabaning oliy ta’lim muassasasi jamoat ishlaridagi, Yoshlar ittifoqi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidagi amaliy ishtiroki, faollik darajasi, targ‘ibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o‘zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;

ISHCHI GURUHI: Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Hamraqulov-ishchi guruh raisi, Yoshlar ittifoqi b.t yetakchisi E.Xolmirzaev, B.Badalov-ishchi guruh a’zosi.

 

  1. “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, bunda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g‘oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi;

ISHCHI GURUHI: Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor B.Rasulov-ishchi guruh raisi, A.Imirsinova, A.Mattiev, B.Badalov- ishchi guruh a’zosi.

 

  1. “Yilning eng faol sportchi talabasi”, bunda talabaning sport sohasidagi yutuqlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;

ISHCHI GURUHI: Jismoniy madaniyat fakulteti dekani B.Nosirov-ishchi guruh raisi, S.Yuldashev, Q.Mamadaliev, B.Badalov- ishchi guruh a’zosi.

 

  1. “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, bunda talabaning o‘zi tanlagan mutaxassisligi yo‘nalishidan qat’iy nazar musiqa, adabiyot, san’at va teatr sohasidagi qiziqishlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;

ISHCHI GURUHI: Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Hamraqulov-ishchi guruh raisi, filologiya fakulteti dekani B.Rahmonov, adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti Z.Mamajonov, B.Badalov-ishchi guruh a’zolari.

 

  1. “Yilning eng faol bloger talabasi”, bunda talabaning ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi yaratgan ishlanmalari, Axborot-kommunikatsiya tarmog‘idagi faollik darajasi va ushbu sohalarda erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;

ISHCHI GURUHI: Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Hamraqulov-ishchi guruh raisi, Matbuot kotibi Sh.Hoshimjonov, Yoshlar ittifoqi b.t yetakchisi E.Xolmirzaev-ishchi guruh a’zolari.

 

  1. “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” (xotin-kizlar uchun), bunda talaba-qizlarning mustaqil ravishda tadbirkorlik asosida erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi.

ISHCHI GURUHI: Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Hamraqulov-ishchi guruh raisi, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi U.Ahmedova, B.Badalov-ishchi guruh a’zolari.

 

“YIL TALABASI” KO‘RIK-TANLOVINING O’TKAZISH TO’G’RISIDAGI NIZOM

Umumiy qoidalar 

  1. Tanlov komissiyasi oliy ta’lim muassasasining ma’muriy-boshqaruv xodimlari, mutaxassis-o‘qituvchilardan iborat tarkibda tashkil etiladi.
  2. Tanlov komissiyasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:

tanlovning oliy ta’lim muassasasidagi bosqichi axborot ta’minotini

tashkil kiladi;

tanlov ishtirokchilaridan buyurtmanomalar va materiallarni qabul qilishni tashkil etadi;

tanlov ishtirokchisi taqdim etgan hujjatlarni hamda darslarda va jamoat ishlaridagi ishtiroki sifatini baholaydi;

tanlov ishtirokchisi bo‘lgan talabani baholashda fakat u tahsil olayotgan fakultet talabalari tomonidan (bir talaba bir ishtirokchiga bir marotaba) berilgan ovozni inobatga oladi.

Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzliksiz (akademik ta’tilsiz) o‘qib kelayotgan 2, 3 va 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

  1. Tanlovning oliy ta’lim muassasasi bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan talabalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘plami tegishli fakultet dekanati tomonidan saralanadi va 25 sentabrdan boshlab 20 ish kuni mobaynida qog‘ozda va elektron shaklda tanlov komissiyasiga tavsiya etiladi.
  2. Ishtirokchiga tegishli bo‘lgan quyidagi hujjatlar to‘plami fakultet dekanati tomonidan tayyorlanadi va tanlov komissiyasiga taqdim etiladi:
  • tanlov ishtirokchisining qobiliyati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, yetakchilik kobiliyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, talabalarga o‘rnak bo‘ladigan jihatlari va jamoat ishlaridagi faoliyati hakidagi ma’lumotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnoma;
  • tanlov ishtirokchisining fanlarni o‘zlashtirish natijalari aks etgan hujjatlar (baholarni qayd etish varaqalari, talabaning baholarni o‘zlashtirish sinov daftarchasi) nusxalari;
  • tanlov ishtirokchisining nashr etilgan ilmiy, ilmiy-uslubiy, ijodiy ishlari, ularga tegishli mutaxassislardan olingan taqrizlar bilan birga;
  • turli tadbirlar, tanlovlarda faxriy yorliqlar va diplomlar bilan takdirlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nusxalari ilova kilinadi);
  • grantlarda ishtirok etganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, grantning nomi, moliyalashtirish hajmi, ishtirokning shakli va darajasi ko‘rsatiladi;
  • konferensiyalardagi ishtiroki hakidagi ma’lumotlar, ilmiy ishlar ro‘yxati va ilmiy ishlar ksero nusxalari ilova etilgan holda taqdim etiladi;
  • hujjatlar to‘plamiga kiritilgan materiallar va axborotlar joriy yil davomida chop etilgan bo‘lishi lozim.

Yuqorida zikr etilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda har bir ishtirokchi (alohida belgilangan kunlarda) tanlov komissiyasi oldida o‘zlari hakida ma’lumot (tanishtiruv) jarayonini amalga oshiradilar hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlari (mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasi, fuqarolar hukukiy bilimlarini oshirish borasidagi amaliy ishlar, ichki va tashqi siyosat va h.k.) yuzasidan suhbatdan o‘tadilar.

  1. Tanlov komissiyasi, ishtirokchilarning hujjatlar to‘plami, darslarda va jamoat ishlarida ishtiroki sifatini, shuningdek, ishtirokchi bilan individual o‘tkazilgan suhbat doirasida olingan ma’lumotlarni baholash natijalarini hisobga olgan holda, har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar (1,2, 3-o‘rinlar)ni aniqlaydi va birinchi o‘rin sovrindorlarini tanlovning respublika bosqichida qatnashish uchun tavsiya etadi.
  2. Nominatsiyalar bo‘yicha 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy ta’lim muassasasining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanadi hamda tegishli ravishda 1-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining yetti barobari, 2-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining olti barobari va 3-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida moddiy rag‘
  3. Moddiy rag‘batlantirish uchun pul mablag‘lari oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.