Andijon Davlat
Universiteti
"YOSHLARNING HUQUQIY ONGI VA HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISH DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATI BARPO ETISHNING ASOSIY SHARTIDIR" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI
2019-09-19    3187

2019-yil 19-sentyabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Andijon viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy shartidir” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda, Andijon viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori, mayor M.Boltaboyeva, Andijon viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi inspektorlari katta leytenant A.Yuldashev va leytenant J.Mullayev, Andijon davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani, yurdik fanlar doktori T.Madumarov, Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetining yoshlar masalalari bo’yicha dekan o’rinbosari S.Ismoilov hamda Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi talabalari ishtirok etdi.

Davra suhbatida talabalarga O’zbekiston fuqarolarini chet elga chiqish tartibi to’g’risida ma’lumot berib o’tildi. Viloyatlarda xorijga chiqish pasportlari viloyatlar Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasida berilishi yo’lga qo’yilgan. Bundan avval, joylarda OVIR stikerlari viloyat markazlarida taqdim etilar, bu esa, fuqarolarning sarson bo‘lishi va uzoq vaqt yo‘qotishlariga, shuningdek, uzoq navbatda kutishlariga sabab bo‘layotgani alohida e’tirof etildi.

«Andijon viloyatining Andijon shahri, Asaka, Qo’rg’ontepa, Shaxrixon tumanlaridagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish imkonini beruvchi pasportni rasmiylashtirish bo’yicha murojaat qilishlari mumkin. Ular 10 ish kunida yangi hujjatni qo‘liga olishadi. Buning uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Ish jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday texnik nosozlik, navbatda turishlarga samarali barham berish choralari ko‘rilmoqda. Ma'lumki, xorijga chiqish pasportlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan tayyorlanib, 10 ish kunida yetkazib beriladi. 

2018-yil dekabr oyi oxirida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi davlat byudjyeti paramertlari va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va 2020-2021-yillardagi byudjet prognozlari to‘g‘risida»gi hujjatni imzolagan edi.

Unga muvofiq, xorijga chiqish pasportini olish uchun belgilangan to‘lov 267 800 so‘m, voyaga yetmaganlar uchun to‘lov 182 000 so‘mni tashkil etadi.” - dedi Andijon viloyat Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi inspektori katta leytenant A.Yuldashev.

 

Shundan so’ng, talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan ishtirokchilarga murojaat qildilar va kerakli javoblarni oldilar. Faol istirok etgan talaba yoshlarga Andijon viloyat  Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan yuridik adabiyotlar taqdim etildi.

Furqatbek Nodirbekov
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.