Andijon Davlat
Universiteti
BESHTA MUHIM TASHABBUS AMALDA: MASHXUR SPORTCHILAR BILAN UCHRASHUV, RASMLAR TANLOVI, ARZONLASHTIRILGAN KITOB SAVDOSI
2019-09-13    3405

Bugun universitetning katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 1- va 2-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida mashhur sport namoyondalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda butun dunyo e’tirof etayotgan taniqli charm qo‘lqop ustalari – hamyurtlarimiz O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan sport murabbiyi Mars Qo‘chqarov, Osiyo chempioni Iqboljon Xoldorov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Elyorbek G‘ulomov, oliy toifali sport murabbiyi Abduvohid Jalolov va 320 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni universitet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.Hamraqulov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Andijon boks maktabini rivojlantirishga maxsus e’tibor qaratgani, Andijonga tashrifi davomida Andijon boks maktabi haqida alohida gapirib o‘tganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng so‘z mehmonlarga berildi. Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Elyorbek G‘ulomov o‘z so‘zida bugungi kunda mamlakatimizda sport-sog‘lomlashtirish ishlariga Prezidentimiz boshchiligida katta e’tibor qaratilayotgani, buning natijasi o‘laroq, yoshlarimiz sport sohasida dunyo arenalarida yuksak marralarni zabt etayotgani haqida faxr va iftixor bilan gapirdi.

O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan sport murabbiyi Mars Ko‘chqarov, Osiyo chempioni Iqboljon Xoldorovlar ham talaba-yoshlarga O‘zbekistonning sport sohasida, ayniqsa, boks turi bo‘yicha erishgan yutuqlari va bu sohaning mashaqqatli jihatlari, O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilgandagi his-hayajon va xalqimiz oldidagi mas’uliyat haqida so‘zlab berdilar.

Tadbir davomida sportchilar bilan talaba-yoshlar o‘rtasida qizg‘in savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida “5 tashabbus talabalar nigohida” mavzusida rasmlar tanlovi va ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Tanlovda 40 nafar san’atshunoslik fakulteti TSMG yo‘nalishi 1-kurs talabalari ishtirok etib, o‘z ijodiy imkoniyatlarini namoyon etdilar.

Ko‘rgazma tashkilotchilari va tanlov g‘oliblari universitet rektorining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, tadbir doirasida “Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa uyi Andijon viloyat bo‘limi tomonidan kitob savdosi tashkil etildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.