Andijon Davlat
Universiteti
FAKULTETLARARO CHET TILI (ANIQ VA TABIIY FANLAR) KAFEDRASI VILOYAT MAKTABLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARINI O‘RNATDI
2019-09-14    2816

Joriy yilning 13 sentabr kuni Andijon davlat universiteti Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar) kafedrasi o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 6 sentabr kungi PF-5812 sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tizimidagi maktablarning ingliz tili o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lumki, uzoq yillar davomida maktab va oliy ta’lim tizimi o‘rtasida uzulish yuzaga keldi va bu o‘z navbatida, kadrlar tayyorlash jarayonida tizimlilik yo‘qolishiga sabab bo‘ldi

Kafedra mudiri f.f.f.d. D.Rustamov ishlab chiqqan reja asosida ushbu uchrashuv aynan ta’lim tizimini yaxlit tizim sifatida shakllantirish, maktab ta’limi va oliy ta’lim o‘rtasida integratsiyani ta’minlash, universitet o‘qituvchilari tomonidan maktab o‘qituvchilariga metodik ko‘mak ko‘rsatish, dars jarayonlarida interfaol usullar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berish maqsadida tashkil etildi.

Maktab o‘qituvchilari tuzilgan dasturga ko‘ra dastlab Andijon davlat universitetining o‘quv zallari, mashg‘ulot xonalari bilan tanishdilar. Tajribali va interfaol metodlar asosida dars o‘tuvchi kafedraning o‘qituvchilari M.Axunov, A.Atabaev, E.Kurbonovlar tomonidan master klass darslar o‘tkazildi. Shundan so‘ng ular universitet axborot-resurs markazi, ''Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi bilan tanishishdi.
Ayniqsa kafedra yosh o‘qituvchisi G.Valievaning muzey haqida ingliz tilida bergan ma’lumotlari tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuv so‘nggida maktab o‘qituvchilariga kafedra professor-o‘qituvchilari A.Abidova, S.Numonova, R.Sobirova, G.Tadjimatova, Z.Turakulova tomonidan yaratilgan maktablarda ingliz tili fanini o‘qitishda zarur bo‘lgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar taqdim etildi va kelajakda hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha kelishib olindi.

Ushbu tashkil etilgan uchrashuv maktab o‘qituvchilari uchun juda foydali bo‘lganini bildirib o‘tdilar.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.