Andijon Davlat
Universiteti
FIRDAVS MUSABEKOV JAHON CHEMPIONATINING KUMUSH MEDALIGA SAZOVOR BO‘LDI
2019-09-16    3004

Joriy yilning 9-15 sentabr kunlari London shahrida parasuzish bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati o‘tkazildi.

Erkaklar o‘rtasida 100 metrga brass usulida suzish bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda Rio Paralimpiada o‘yinlari chempioni, Andijon davlat universiteti magistranti Firdavs Musabekov ikkinchi natijani qayd etdi va terma jamoamiz hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.

Yana bir quvonarli jihati, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining qaroriga ko‘ra ushbu jahon chempionatida 1- va 2- o‘rinni egallagan sportchilar kelasi yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega bo‘lishdi. Aniqroq aytganda, Firdavs Musabekov Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Shu bilan birgalikda ushbu jahon chempionatida universitetimizning BTSTI yo‘nalishi talabasi Muzaffar Tursunboev ham ishtirok etdi va 4-o‘rinni egalladi.

Ushbu yutuqlar bilan talabalarimizni tabriklaymiz va Firdavs Musabekovga Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib bo‘lishini tilab qolamiz.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.