Andijon Davlat
Universiteti
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI KAFEDRALAR BO‘YICHA QUYIDAGI BO‘SH O‘RINLARGA TANLOV E’LON QILADI!
2019-09-16    2708
  1. Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi bo‘yicha – kafedra mudiri; o‘qituvchi;
  2. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi bo‘yicha – kafedra mudiri; katta o‘qituvchi; o‘qituvchi;
  3. Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar) kafedrasi bo‘yicha – kafedra mudiri; katta o‘qituvchi; o‘qituvchi;
  4. Fizika kafedrasi bo‘yicha –professor;o‘qituvchi;
  5. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi bo‘yicha – professor, dotsent, o‘qituvchi;
  6. O‘zbekiston tarixi kafedrasi bo‘yicha – kafedra mudiri;dotsent;o‘qituvchi;
  7. Fakultetlararo chet tillar (ijtimoiy-gumanitar fanlar) kafedrasi bo‘yicha – dotsent;o‘qituvchi;
  8. Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi bo‘yicha – katta o‘qituvchi; o‘qituvchi;
  9. Nemis tili va adabiyoti kafedrasi bo‘yicha – katta o‘qituvchi.

Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.

Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.

Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.

Katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar ham qatnashishi mumkin.

O‘qituvchi (assistent) o‘qituvchi-stajyor lavozimini egallash uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar rektor nomiga ariza bilan kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa, diplomlar va attestat­lar nusxalari, ilmiy ishlar va ixtirolar ro‘yxati, malaka oshirganlik to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalarini topshiradilar.

Arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy muddatda qabul qilinadi.

Manzil: Andijon shahri Universitet ko‘chasi, 129-uy, 309-xona.

Eslatma: Mazkur oliy ta’lim muassasasida ishlovchi shaxslar o‘tgan muddat bo‘yicha kafedrada hisobot beradilar, chetdan tanlovda ishtirok etuvchilar sinov darslarini o‘tkazadilar.

Azizbek egamberdiyev
Universitet kengashi kotibi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.