Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA “NURLI HAYOT” PSIXOLOGIK XIZMAT MARKAZI OCHILDI
2019-09-12    3645

Universitetimizda yangi “Nurli hayot” nomli psixologik konsalting markazi o’z ish faoliyatini boshladi.

Markaz ochilishida universitet rektori, prorektorlar, fakultet dekani, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

Ochilish marosimida universitet rektori Akramjon Yuldashev bugungi kunda jamiyatimizda eng og’riqli muammolardan biri psixologik xizmatning yaxshi shakllanmaganligi va rivojlanmaganligini qayd etib, bunday markazlarning ochilishi va fuqarolarimizga xizmat ko’rsatishi kunning dolzarb talabi ekaniligini aytib o’tdi. Ayni shu sohani tartibga solish, psixologik xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, sohada malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani muhim ekanini ta’kidladi. Shu qaror asosida bu universitetda birinchi marta Amaliy psixologiya yo’nalishi ochilgani katta yutuq bo’ldi.

Shundan so’ng ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Baxtiyor Rasulov, Umimiy psixologiya kafedra mudiri Naimaxon Xalimovalar markazning ahamiyati, uning faoliyat doirasi haqida o’z fikr mulohazalarini bildirdilar.

Darhaqiqat, shiddat bilan rivojlanayotgan jamiyatda o‘sib kelayotgan yosh avlodni psixologik bilimlardan amaliy jihatdan foydalanishda shaxsning o‘z ichki imkoniyatlari, salohiyati, qobiliyati, intellekti va individual xususiyatlari to‘g‘risida ko‘nikma, malakalar bilan qurollantirish zamon talabidir. Psixologik bilimlar maqsadli faoliyat yuritishida, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishida va muloqotning samarali kechishida xizmat qiladi.

Andijon davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi qoshida  “Nurli hayot” psixologik konsalting markazi shu maqsadda viloyatimiz aholisining psixologik madaniyatini yuksaltirish yo’lida quyidagi yo’nalishlarda o’z xizmatini taklif etadi:

1. Turli yosh davridagi bolalar, o’quvchilar, talabalar va kadrlarning individual – tipologik xususiyatlarini (temperament, xarakter, qobiliyat va yo’nalganligini ) aniqlash.

2. Shaxsning psixologik portretini yaratish.

3. Psixologik bilimlarga qiziquvchilar uchun kurslar, dasturlar va qiziqarli treninglar.

4. Individual psixologik konsultatsiya.

5. Konflikt, nizo va emotsiyalarni boshqarish.

6. Stressdan qutulish va stressga bardoshlilik.

7. O’ziga bolgan ishonch va ichki qobiliyatlarni shakllantirish kurslari.

8. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan konsultatsiyalar.

9. Oilaga psixologik xizmat ko’rsatish.

10. Bolalarni bilish jarayonlarini rivojlantirish (idrok, tafakkur, nutq, xotira, diqqat.. ) va maktabga psixologik tayyorlash.

Psixodiognostik, psixokorreksion va psixologik maslahat ishlari universitet malakali psixologlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Manzil: Andijon davlat universiteti, Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti, Psixologiya kafedrasi 307 – xona.

Telefonlar: ( 93 ) 429-04-03, (90)  (91) 607-91-89, (91)604-45-44

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.