Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITET “QATAG’ON QURBONLARI XOTIRASI” MUZEYIDA MAKTAB O’QITUVCHILARI UCHUN SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI
2019-09-12    2870

Bugun, 12-sentabr kuni Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyiga Andijon shahridagi maktablarda faoliyat yuritayotgan 150 ga yaqin tarix va ijtimoiy fan o’qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu seminar-trening O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 23-avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun 2019-yilning 5-sentabr kuni Andijon davlat universiteti va Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamkorlikda Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyiga Andijon viloyatida faoliyat ko’rsatayotgan barcha tarix fani o’qituvchilarini tashrifini amalga oshirish to’g’risida dastur doirasida tashkil etildi.

Ushbu seminar-treningni universitet rektori Akramjon Yuldashev ochib, uzoq yillar davomida maktab va oliy ta’lim muassasalari o’rtasida aloqalarning butunlay uzilishi salbiy natijalarni keltirib chiqargani, bu borada Prezidentimizning videoselektor yig’ilishida bildirgan taklif va tavsiyalari ushbu og’riqli muammolarga yechimlarni ko’rsatib berganini ta’kidladi. Ushbu tavsiyalarni amalga oshirishda Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamda universitet va uning tuzilmasidagi muzey o’rtasida ishlab chiqilgan dastur juda muhim ahamiyat kasb etishini yorqin misollar bilan ko’rsatib berdi.

Shundan so’ng, Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori, professor Rustambek Shamsutdinov so’zga chiqib, O’zbekiston tarixi fanini chuqur o’qitilishini ta’minlash, bu orqali o’quvchi yoshlarda vatanga muhabbat, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini uyg’otish bugungi axborotlashgan, globallashuvning salbiy ta’sirlari kuchayib borayotgan davrda juda dolzarb masala ekanini aytib o’tdi. Bu borada ushbu muzey, undagi eksponatlar bilan maktab o’quvchilarini tanishtirish, muzeyda ular uchun sayyor darslarni tashkil etish katta samara berishini va bu uchun universitet tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi hamkorlikka doimo tayyor ekanini ta’kidladi.

Shundan so’ng maktab o’qituvchilari muzey faoliyati, undagi eksponatlar bilan tanishdilar, ularga O’zbekiston tarixi fanidan darslarda foydalanish uchun video va fotomateriallar taqdim etildi.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.