Andijon Davlat
Universiteti
QO’SHMA TA’LIM DASTURIGA IMTIHONNING BIRINCHI KUNI YAKUNLARI: 55 NAFAR ABITURIYENT KEYINGI BOSQICHDA
2019-09-11    3150

Bugun, 11-sentabr kuni Andijon davlat universiteti hamda Rossiya Federatsiyasining Mordoviya davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlik shartnomasi doirasida ochilgan “Filologiya va tillarni o’qitish: rus tili” qo’shma ta’lim dasturiga imtihonlar boshlandi.

10-sentabr kuni Andijon davlat universitetiga Mordoviya davlat milliy tadqiqot universiteti vakillari tashrif buyurdilar. Tashrifdan maqsad o’zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, imtihon jarayonlarini texnik jihatdan ta’minoti, imtihonlarning holis o’tkazilishini tashkil etishdan iborat.

Mordoviya davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlik shartnomasi doirasida ochilgan “Filologiya va tillarni o’qitish: rus tili” qo’shma ta’lim dasturiga 25 ta o’ringa 220 yaqin abituriyentlar hujjat topshirganlar. Ular orasida yurtimizning Namangan, Farg’ona, Toshkent, Navoiy va boshqa viloyatida istiqomat qiluvchilarning mavjudligi ushbu yo’nalishga qiziquvchilarning geografiyasi naqadar keng ekanining yaqqol isbotidir.

Imtihonlar ikki bosqichda o’tkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, birinchi bosqichda abituriyentlar Mordoviya davlat milliy tadqiqot universitetining online test topshirish dasturi www.opendo.mrsu.ru orqali test topshirdilar. Abituriyenlarning 93 nafari test imtihonlarini topshirish uchun keldilar. Ular online ravishda 30 tadan test savollarini ishlab, test natijalarini shu vaqtning o’zida bilib oldilar.

Test sinovlari natijalariga ko’ra, imtihonning ikkinchi bosqichi: internet tarmog’I orqali Mordoviya davlat milliy tadqiqot universiteti vakillari tomonidan o’tkaziladigan suhbat uchun 50% dan ortiq natijaga erishgan 55 nafar abituriyentlar saralab olindi.

Imtihon jarayonlari ochiq ravishda, holislik va shaffoflik prinsiplariga tayangan holda tashkil etildi. Bu haqida test sinovlarida qatnashgan abituriyent Eldar Fayzulin o’z fikrlarini bildirib, “To’g’risi ushbu qo’shma ta’lim dasturiga e’lonni ko’rib, Mordoviya davlat universitetini internetdan qidirib ko’rdim, uning faoliyatiga oid axborotlarni ko’rib havasim ortdi. Shundan so’ng ushbu ta’lim dasturiga kirishga qattiq tayyorgarlik ko’rdim. Test sinovlarini tashkil etilishi menga juda yoqdi. Biz test sinovlarini online topshirdik, test natijalarini shu onning o’zida chiqarilishi hech qanday shubhalarga o’rin qoldirmadi. Men ertaga bo’lib o’tadigan online suhbatda ham yuqori baho olib, o’qishga kirishimga ishonaman,” – deya o’z so’zini tugatdi.

Biz bilan birga bo’ling! Ertaga, 12-sentabrda bo’lib o’tadigan imtihon jarayonlarini yoritib boramiz.    

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.