Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI O‘QITUVCHISI SHUHRATBEK ISAQOV BMTNING “TINCHLIK ELCHISI”
2019-09-07    2948

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligning 28 yilligi arafasida Andijon davlat universitetining fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi, xalqaro toifadagi sport ustasi Isaqov Shuhratbek Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Jamiyat oldidagi xizmatlari uchun” Xalqaro oltin medal bilan taqdirlandi va BMTning “Tinchlik elchisi” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.

Ushbu unvon uning uzoq yillar davomida xalqaro miqyosda sportni rivojlantirish va u orqali xalqlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdim etildi.

Sh.Isaqov o‘z vaqtida belbog‘li kurash sport turi bo‘yicha Respublika va xalqaro miqyosdagi 50 dan ortiq musbaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, Osiyo chemipionligini qo‘lga kiritgan, Jahon chempionati sovrindori. Xalqaro toifadagi sport ustasi.

Shuhratbek Isaqov murabbiy sifatida uzoq yillardan buyon yoshlarga milliy qadryatlarimizdan biri bo‘lgan belbog‘li kurash sirlarini o‘rgatib kelmoqda. Uning 100 dan ortiq shogirdlari Respublika chempionati va kuboklarida, xalqaro turnirlarda, 10 dan ortiq shogirdlari esa xalqaro musobaqalarda, Osiyo va Jahon chempionatlarida g‘olibi bo‘lgan. Jumladan, Z.Jumaqulov, M.Ashurov, I.Mashrabov va boshqa ko‘plab shgirdlari belbog‘li kurash sport turi bo‘yicha Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

U shuningdek, yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun belbog‘li kurash sport to‘garagini tashkil etgan. Kamtar va talabchan murabbiy yoshlarni sportni sevishga, ayniqsa, milliy kurashimiz orqali ularga xalqimizga xos tantilik, halollik, mardlik va jasurlik, do‘stlik singari fazilatlarni shakllantirishda jonbozlik ko‘rsatmoqda.

Ushbu yutuq bilan Shuhratbek Isaqovni muborakbod etamiz va yana uzoq yillar xalqlararo do‘stlik, tinchlik, sport va sog‘lomlashtirishni targ‘ib etishda tolmay mehnat qilishini tilab qolamiz.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.