Andijon Davlat
Universiteti
2019/2020 O’QUV YILIDAN STIPENDIYA BARCHA TALABALAR UCHUN BIR XIL MIQDORDA TO’LANADI
2019-09-05    7715

Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Jadvalda  (https://t.me/eduuz/1238) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari stipendiya to‘lovlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan shaklda keltirilgan.

Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.

Misol uchun, Bakalavriatning Pedagogika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:

✅ Stipendiya bilan – 10 792 960 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida).

✅ Stipendiyasiz – 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m -  4 800 000 so‘m)

Izoh:  2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to‘lanadigan stipendiya miqdori 400 000 so‘m etib belgilanadi.

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2019 yil 1 avgustdan boshlab - 634 880 so‘m etib belgilangan. (Asos: O‘zbekistoni Respublikasi Prezidentning 2019 yil 12 iyuldagi PF-5765 – son Farmoni)

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.