Bugun, 4 sentabr kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat universitetida talabalarga ''Oila - muqaddas qadriyatlar mehrobi'' mavzusida hayot darsini o‘tdi.
Ushbu hayot darsi muhtaram Prezidentimiz joriy yilning 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ilgari surgan tashabbusi doirasida o‘tkazildi.
Viloyat hokimi darsda bugungi sharqda qadimdan oila muqaddas dargoh bo‘lib kelganini, xatto bundan uch ming yil muqaddam zaminimizda yaratilgan Avesto kitobida ham oila haqida aloxida to‘xtalib o‘tilganini ta’kidladi. Sh.Abdurahmonov so‘zida davom etar ekan, bugungi kunda ham mamlakatimizda oila, ularning mustahkamligini saqlash, yoshlarni oilaga tayyorlash, jamiyatda ayollarning tenghuquqliligini ta’minlash, yosh avlodni xar jihatdan yetuk inson sifatida tarbiyalashga aloxida e’tibor berilayotgani, biroq, o‘z tajribasida uchratgan ayrim holatlarda oilalarning oddiy maishiy kelishmovchiliklar tufayli barbod bo‘layotganini afsus bilan qayd etdi.
Shuningdek, ushbu dars jarayonida viloyat hokimi universitet talabalari bilan fikr almashib, ularda mavjud xar qanday muammoni yechib berishga tayyor ekanini bildirib o‘tdi. Talabalar ushbu darsdan juda katta ma’naviy ozuqa oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI