Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI AKRAMJON YULDASHEVNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING YIGIRMA SAKKIZ YILLIGI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI!
2019-08-30    2607

Aziz yurtdoshlar!

Qadrli universitet jamoasi!

Bugun O‘zbekiston xalqi o‘tgan ajdodlarimizning azaliy orzusi bo‘lgan Mustaqilligi­mizning yigirma sakkiz yilligi bayramini yuraklarda yuksak g‘urur va ifti­xor bilan keng ni­shon­la­moqda.

Ayniqsa, joriy yil ushbu shodiyonaning "Jonajon O‘zbekistonim mangu bo‘l omon!" ezgu g‘oyasi ostida o‘tkazilayotganligi barchamizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Shu fur­satdan foydalanib, eng ulug‘ va eng aziz ayyomni katta xursandchilik ham­da zafarlar bilan qarshi olayotgan butun universitetimiz jamoasini, O‘zbekiston xalqini — Istiqlolimizning qutlug‘ yi­girma sakkiz yillik bayrami bilan chin qal­bim­dan muborakbod etaman.

Qadrli ustozlar va talabalar!

So‘nggi ikki uch yil davomida yurtimizda barcha sohalarga ayniqsa, ta’lim tizmiga berilayotgan e’tibor xar qachongidanda yuksak bo‘lmoqda. Jamiyatimizda ta’limga bo‘lgan  munosabatni tubdan o‘zgartirish, o‘qituvchi va murabbiylarning mavqeini oshirish bo‘yicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy sohalarda keng ko‘lamli o‘z­garishlarga, taraqqiyotga imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, bu kabi ezgu va xayrli ishlarning tashabbus­kori bo‘lgan muh­taram Yurtboshimiz tomonidan joriy yilning 23-avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan fikrlar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yig’ilishda maktabgacha va maktab ta’limini yanada rivojlantirishda oliy ta’lim tizimiga katta mas’uliyat yuklashiga ham urg’u berildi.    

Taraqqiyotimiz lokomotivi sifatida qaralayotgan oliy ta’lim tizimini isloh qilish, zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish, xorijiy mamlakatlarning eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali iqtisodiyot tarmoqlarini jahon andozalariga javob beradigan kadrlar bilan ta’minlash asosiy o‘ringa ko‘tarildi. Bu borada Prezdentimizning qator qaror va farmonlari e’lon qilindi.

Ushbu qarorlar ijrosi doirasida joriy yilning o‘tgan davrida universitetimizda qator ishlar amalga oshirildi, bir qancha yutuqlar qo‘lga kiritildi. Yangi o‘quv yilidan 8 ta yangi ta’lim yo‘nalishlari ochildi, qabul kvotalari 20 foizga oshirildi, Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari ochildi, dars jarayonlariga yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining 20 dan ortiq professorlari jalb etildi. O‘ndan ortiq professor-o‘qituvchilarimiz yetakchi xorijiy ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalariga doktorantura, malaka oshirish va stajirovkaga yuborildi.

Albatta, bu yutuqlar universitetimiz jamoasining halol, pok va fidokorona meh­nat­larining samarasidir. Bunday mehnat esa har doim muhtaram Yurtboshi­miz­ning e’tiborida bo‘lib kelmoqda.

Mustaqilligimizning qutlug‘ yigirma sakkiz yilligi bayrami arafasida mam­­la­ka­timiz rahbarining farmoniga asosan universitetimiz professori Rustambek Shamsutdinovning “Mehnat shuhrati” ordeni, katta o‘qituvchi Babenko Yelena Vladimirovnaning “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlanishi qalblarda faxr-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi. Fursatdan foydalanib, yana bir bor ularni Va­ta­ni­mizning yuksak mukofotlari bilan tabriklaymiz.

Aziz hamkasblar!

Yana bir bor Sizlarni Mustaqillik ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy mu­borakbod etaman. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xona­don­laringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Yurtimiz tinch, os­monimiz musaffo, xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!

 

Akramjon Yuldashev
Andijon davlat universiteti rektori
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.