Andijon Davlat
Universiteti
XUSHXABAR! ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI PROFESSORI RUSTAMBEK TEMIROVICH SHAMSUTDINOV “MEHNAT SHUHRATI” ORDENI BILAN TAQDIRLANDI
2019-08-29    2947

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 28 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni bilan bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvon va davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ular orasida Andijon davlat universiteti professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat hodimi, tarix fanlari doktori Rustambek Temirovich Shamsutdinovning borligi universitetimiz uchun juda katta yutuq.

Ustoz yaqin 60 yildan buyon ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi. Respublikamiz va xorijda ko‘zga ko‘ringan tarixchi olim, sovet hokimiyati yuritgan qatag‘on siyosati va uning ayanchli oqibatlarini o‘rgangan eng yirik tadqiqotchi.

Rustambek Shamsutdinov bugungi kunda Andijon davlat universiteti huzuridagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD31.01.2019.Tar.60.01. raqamli Ilmiy kengash raisi.

Shimoliy Karolina (AQSh), Kembrij (Buyuk Britaniya) xalqaro biografik markazi a’zosi, Kembrij biografik markazi tomonidan “Zafar quchgan olim” sifatida medal bilan taqdirlangan. Dunyoning “Zafarli 500 kishi” kitobiga kiritilgan. 

Olim sifatida o‘zbek, rus, qirg‘iz, ingliz, fransuz, nemis, arab, hind, urdu tillarida e’lon qilingan 500 ga yaqin ilmiy hamda ilmiy-metodik asarlar muallifi, shundan, 25 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalari, 30 ga yaqin monografik tadqiqotlari, 20 dan ortiq ilmiy-ommabop kitoblari, 400 ga yaqin ilmiy maqolalari, 500 ga yaqin gazeta maqolalari chop etilgan.

U Oksford, Moskva, Anqara, Boku, Tallin, Yurmala, Lvov, Poltava,  Olma-ota, Bishkek,  Dushanbe va Toshkent shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanlarda chiqish qilgan. Dunyoning 5 ta qit’asidagi 50 dan ortiq mamlakatlarga ilmiy safarlar uyushtirgan.

Professor R.Shamsutdinov ilmiy rahbarligi va maslaxatchiligida 8 nafar fan nomzodi va 2 nafar fan doktori dissertatsiyalari himoya qilingan. Hozirgi kunda olim 5 dan ortiq tadqiqotchilarga ilmiy rahbar sifatida o‘z maslahatlarini berib bormoqda.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.