2019/2020 o‘quv yilida xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash uchun masofaviy onlayn test sinovlari qachon va qayerda o'tkazilishi belgilandi. Bu haqida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi rasmiy telegram kanalida xabar berilmoqda.
Unga ko'ra xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash uchun masofaviy onlayn test sinovlari belgilangan quyidagi hududlardagi oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi:
✅ Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha:
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU);
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU);
- Toshkent moliya instituti (TMI).
✅ Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari bo‘yicha:
- Namangan davlat universiteti (NamDU);
- Namangan muhandislik texnologiya instituti (NamMTI).
✅ Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari bo‘yicha:
- Jizzax politexnika instituti (JizPI).
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha:
- Qoraqalpoq davlat universiteti (QQDU).
✅ Qashqadaryo viloyati bo‘yicha:
- Qarshi davlat universiteti (QarDU).
✅ Surxondaryo viloyati bo‘yicha:
- Termiz davlat universiteti (TerDU).
✅ Buxoro, Navoiy viloyatlari bo‘yicha:
- Navoiy davlat konchilik instituti (NavDKI).
✅ Xorazm viloyati bo‘yicha:
- Urganch davlat universiteti (UrDU).
2019/2020 o‘quv yilida xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash uchun masofaviy onlayn test sinovlarni o‘tkazish GRAFIGI tasdiqlandi. Grafikni ko'chirib oling: Ko'chirib oling!
Masofaviy onlayn test sinovlari shu yilning 28-30 avgust kunlari o‘tkazilib, imtihonlar bir kunda uchta navbatda: 07:30, 11:30 va 15:30da bo‘lib o‘tadi.
Diqqat: Test topshiruvchilardan test sinovlarini o‘tkazish grafigiga qat’iy amal qilgan holda belgilangan muddatda belgilangan joyga pasport (asl nusxasi) bilan kelishlari talab etiladi.
Nomzodlar grafikda ko‘rsatilgan manzilga, belgilangan vaqtda kelishlari kerak.
O‘qish ko‘chirilishi so‘ralgan oliy ta’lim muassasasi nomi, ta’lim yo‘nalishi to‘g‘ri kiritilganligini tekshiring. Agar xatolik qayd etilgan bo‘lsa, +99897-145-01-52 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz so‘raladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI