Andijon Davlat
Universiteti
POLOTSK DAVLAT UNIVERSITETI HAMKORLIGIDAGI QO‘SHMA TA’LIM DASTURIGA IMTIHONLAR O‘TKAZILDI
2019-08-27    3124

2019 yilning 24 avgust kuni Andijon davlat universitetiga Belarus Respublikasi Polotsk davlat universiteti vakillari tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

25 avgust kuni Polotsk davlat universiteti vakillari tomonidan qo‘shma ta’lim dasturiga xujjat topshirgan abiturientlardan imtihon olindi.

Andijon davlat universiteti hamda Polotsk davlat universitetining Texnologik ta’lim qo‘shma ta’lim dasturiga 25 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, unga 110 ta abiturient hujjat topshirgan. Ular orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Navoiy viloyatlaridan ham abiturientlarning borligi ushbu yo‘nalishga qiziquvchilarining ko‘lami qanchalik keng ekanini ko‘rsatib berdi. Hujjat topshirgan abiturientlardan 79 nafari imtihonlarda ishtirok etdi.

Imtihonlarni adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida  imtihon jarayoni kuzatuv kameralari orqali to‘liq yozib olindi. Abaturientlar belgilangan bir akademik soat ya’ni 45 daqiqa davomida Polotsk davlat universiteti vakillari tomonidan tuzilgan 30 tadan test savollariga javob berdilar.

Ahamiyatli tomoni shundaki, imtihonlar yakunlangach test natijalari bir soat ichida abiturientlar guvohligida tekshirilib, natijalar e’lon qilindi. Natijalarga ko‘ra, ajratilgan 25 ta o‘ringa ayrim ishtirokchilarning ballari teng kelib qolganligi sababli 28 nafar abiturient talabalikka qabul qilindilar.

Imtihonga kelgan abiturientlar va ularining ota-onalari imtihon jarayonlari haqida o‘z xayratlarini yashira olmadilar, ularni imtihonlar ochiq va adolatli o‘tkazilgani, imtihon natijalari shu kunnining o‘zida e’lon qilinib, talabalikka qabul qilingan abiturientlar bilan shartnomalar imzolangani xursand qildi.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ochilayotgan ana shunday qo‘shma dasturlar kelajakda ta’lim sifatini oshirish orqali zamonaviy bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlashga asos bo‘lishi shubxasiz.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.