2019 yilning 24 avgust kuni Andijon davlat universitetiga Belarus Respublikasi Polotsk davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Golubev Yuriy Petrovich hamda xorijiy talabalar bilan ishlash fakulteti dekani Magalinskiy Igor Vladimirovichlar tashrif buyurdilar.
Tashrifning asosiy maqsadi joriy yilning 29 may kuni imzolangan ikki tomonlama hamkorlik shartnomasiga asosan ochilgan “Texnologik ta’lim” qo‘shma ta’lim dasturiga 2019/2020 o‘quv yili uchun abiturientlarni qabul qilish imtihonlarini o‘tkazishdan iborat.
Mehmonlar tantanali ravishda kutib olindi va universitet kafedralari faoliyatini aks ettiruvchi yarmarkaga taklif etildi. Shundan so‘ng ularga universitetning o‘quv va laboratoriya xonalari xamda universitet huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi tanishtirildi. Shuningdek, mehmonlar imtihon o‘tkaziladigan auditoriya bilan tanishib, yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.
Kunning ikkinchi qismida mehmonlar Andijon shahrining diqqatga sazovor maskanlari: “Bobur va jahon madaniyati” muzeyi, shaharning “Registon maydoni”, Andijon shahridagi hayvonot bog‘iga sayoxat uyushtirildi.
Ma’lumot uchun, Andijon davlat universiteti xamda Polotsk davlat universitetining Texnologik ta’lim qo‘shma ta’lim dasturiga 25 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, unga 110 ta abiturient hujjat topshirgan. Imtihonlar 25 avgust kuni soat 8:30 boshlanishi ko‘zda tutilgan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI