Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA UMUMXALQ HAYRIYA XASHARI UYUSHQOQLIK BILAN TASHKIL ETILDI
2019-08-18    3244

Eng ulug’, eng aziz ayyom — Mustaqillik bayrami arafasida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan butun respublikamizda 17-18 avgust kunlari uyushtirilgan umumxalq xayriya hashari yurtimiz bo’ylab uyushqoqlik bilan o’tkazilmoqda.

Andijon davlat universitetida Vatanimiz Mustaqilligining 28 yillik ayyomiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 17-18 avgust kuni ham umumxalq xayriya xashari uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Xar bir fakultet jamoasi universitet bino va inshootlarida, yer maydonchalarida obodonlashtirish, tozalash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib bordilar.

Xususan, Tarix va Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetlari jamoalari 1000 o‘rinli bino va atrofida katta xajmdagi ishlarni bajardilar. 

Universitetning barcha o‘quv binolari, talabalar turar joylari, boshqa ijtimoiy obektlarda tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xududlardagi maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlandi, ariqlar va lotoklar tozalandi, daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Barcha o‘quv binolari va talabalar turar joyining tashqi va ichki tomonlarida  tozalik va ta’mirlash ishlari bajarilib, yangi o‘quv yiliga taxt xolatga keltirilmoqda.

Umumiy hisobda ikki kun davomida universitet jamoasining 2 mingdan ortiq vakillari (professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar) umumxalq xasharida faol ishtirok etdilar, yurtimiz obodligiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. 8 ga dan ortiq hududda tozalash ishlari olib borilib, 5 tonnadan ortiq qurilish va maishiy chiqindilar chiqarib tashlandi, 3 km dan ortiq ariq va lotoklar tozalanib, oqlandi. Yer maydonlaridagi gazonlar qisqartirilib, gullar sug‘orildi.

Xulosa qilib aytganda, milliy qadriyatlarimizdan bo‘lgan umumxalq xasharida nafaqat hududlar obodonlashtirildi, balki, barcha mehnat qilganlar qalban bir maqsad – yurt obodligi uchun bir bo‘lib harakat qildilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.