O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi 2019/2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yakunlari haqida ma'lumotlarni taqdim etdi. Ushbu ma’lumot DTMning rasmiy telegram kanalida e'lon qilindi.
Ma’lumotga ko’ra, 2019-yil 29-iyul - 15-avgust kunlari kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlariga kirish test sinovlari respublikaning 60 ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 30 ta filiallari uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun 66 ta katta sig‘imli binolarda o‘tkazildi.
Kunduzgi, kechki hamda sirtqi ta’lim shakli uchun oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlar tomonidan jami 1 066 925 ta ariza (tanlov 10,28 ni tashkil etdi) (2018-yilda – 814 952 nafar) qabul qilindi, shundan:
- kunduzgi, kechki ta’lim shakllariga 731 918 ta;
- sirtqi ta’lim shakliga 335 007 ta ariza tushdi.
Test sinovlarida 979 470 nafar abituriyentning ishtirok etishi rejalashtirilgan edi.
Test sinovlarini topshirgan 954 075 nafar abituriyentning test sinovi natijalari hisoblandi, jumladan,
- kunduzgi, kechki ta’lim shakllarida 660 773 nafar;
- sirtqi ta’lim shaklida 293 302 nafar.
Test sinovlarida 24 930 nafar abituriyent qatnashmagan bo‘lib, shundan,
- 16 913 nafari kunduzgi, kechki ta’lim shakli;
- 8 017 nafari sirtqi ta’lim shaklidan.
Qoida buzganligi sababli 465 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirilgan.
O‘tkazilgan test sinovlari natijalari kunning ertasiga Davlat test markazining dtm.uz saytida e’lon qilindi.
Eng yuqori ballar (189.0 ball) 11 ta oliy ta’lim muassasasining 14 ta ta’lim yo‘nalishida kuzatildi, jumladan:
- Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim yo‘nalishida;
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili va nemis tili ta’lim yo‘nalishida;
- Toshkent moliya institutining Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) va Moliya ta’lim yo‘nalishlarida;
- Qarshi davlat universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishida;
- Qoraqalpoq davlat universitetining Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishida;
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishida;
- Buxoro tibbiyot institutining Davolash ishi (Buxoro) ta’lim yo‘nalishida;
- Samarqand tibbiyot institutining Davolash ishi (Qashqadaryo) ta’lim yo‘nalishida;
- Toshkent tibbiyot akademiyasining Davolash ishi (Sirdaryo) ta’lim yo‘nalishida;
- Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishida;
- Toshkent davlat yuridik universitetining Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishida kuzatildi.
Eng yuqori ball kirish imtihonlari 4 ta fandan iborat bo‘lgan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishida 232.1 ballni va Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishida 238.6 ballni tashkil etgan.
Tanlov yakunlari bo‘yicha natijalar bir hafta muddat ichida taqdim etiladi.
Izoh: ma'lumotlar javoblar varaqalari asosida tayyorlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI