Andijon Davlat
Universiteti
VAZIRNING BIRINCHI O‘RINBOSARI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI BILAN TANISHDI
2019-08-16    3072

2019 yil 15 avgust kuni Andijon davlat universitetiga Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov yangi 2019-2020 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.

Vazir o‘rinbosari dastlab, universitetning TTJlarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishib, mutasaddilarga o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. Birinchi navbatda yangi o‘quv yili boshlangach, talabalar TTDdagi ta’mirlash ishlarini to‘la his qilishi lozim ekanini, ma’naviyat xonalarini qaytadan yangi uslubda qayta tashkil etish, yuvinish va gigiena xonalari, oshxonalarda yetarli sharoit yaratish muhimligini bildirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Q.Sharipov o‘quv binolari va auditoriyalardagi ta’mirlash ishlari bilan tanishib, o‘quv xonalarini jihozlashda e’tibor berish lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Tashrif davomida Q.Sharipov engi muhim masalalardan biri – o‘quv-uslubiy jihatdan 2019-2020 o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Universitet axborot-resurs markazini yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash masalasiga ham aloxida e’tibor qaratildi. Q.Sharipov universitet ma’muriyatiga vazirlik ushbu masalada doimo yordam berishini bildirib, tegishli takliflar kiritishga ko‘rsatma berdi.

Tashrif yakunida vazir o‘rinbosari universitet tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi eksponatlari bilan batafsil tanishib chiqib, qilingan ishlar aloxida e’tirofga loyiq ekanini bildirib o‘tdi.

Andijon davlat universitet ma’muriyati Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipovga tashrif va bergan tavsiyalari uchun aloxida minnatdorchilik bildiradi.        

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.