Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA MAGISTRATURA IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA
2019-08-15    4300

Andijon davlat universitetida 2019/2020-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga imtihonlar 2019-yilning 7-avgustdan boshlandi. Dastlab barcha abiturientlar mutaxassislik fanlaridan yozma imtihon topshirdilar.

Imtihon savollari va imtihon o‘tkaziladigan vaqtlari universitet rasmiy veb-saytiga joylashtirildi. Imtihonlar haqqoniy o‘tishini ta’minlash maqsadida baholash komissiyasi a’zolari, nazoratchilar boshqa oliy ta’lim muassasalarining dan jalb etildi, videokuzatuv qurilmalari orqali yozib olinmoqda. Jamoatchilik vakillari uchun imtihon jarayonlarini kuzatish uchun sharoitlar yaratilgan.

Abiturientlarning yozma ishlari boshqa oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan shifrlangan xolda tekshirilib, natijalar o‘z vaqtida e’lon qilindi.

10-avgustdan xorijiy tillardan imtihonlar belgilangan jadval asosida boshlandi. Imtihon jarayonida abiturientlarning chet tilidan tarjima qila olishi, o‘z fikrini insho tarzida bayon eta olishi va og‘zaki nutqi tekshirilib, haqqoniy baholanishi ta’minlanmoqda. Imtihonlar 16-avgustga qadar davom etadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, universitetga 20 ta mutaxassislikka 102 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, ularning 44 tasi grant, 58 tasi shartnoma. Ajratilgan o‘rinlarga 694 nafar abiturient xujjat topshirgan. Ushbu o‘quv yilidan birinchi marta Ona tili va adabiyoti: qirg‘iz tili va adabiyoti xamda Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi: huquqiy ta’lim mutaxassisliklariga abiturientlar qabul qilinadi.

Imtihonlar yakunlangach barcha natijalar veb-saytimizda e’lon qilinadi.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.