Bugun, 31 iyul kuni Andijon davlat universiteti chet tillar fakultetida ikkinchi smena imtihonlariga Andijon davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi sirtqi bo‘limiga ro‘yxatdan o‘tgan Dilnozaxon Abbasova kuni kecha jarrohlik amaliyotini o‘tkazganligi tufayli tez tibbiy yordam xizmati hamrohligida Andijon davlat universiteti Xorijiy tillar binosidagi imtihon zaliga olib kelindi.
1990 yilda tug‘ilgan ushbu abituriyent 10 yildan buyon kirish imtihonlari uchun hujjat topshirib keladi va bu safar ham jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishiga qaramay, imtihonga yetib kelgan.
Universitet va DTM mas’ullari bemor abituriyentga kerakli tibbiy yordamni ta’minlagan holda unga imtihonlarda qatnashish imkoniyatini yaratib berdi. Abiturient test savollarini yotgan holatda ishlab, qiyinchiliksiz imtihonlarni yakunladi.
Yakunda abituriyent ushbu holatida test topshirishiga yetarlicha sharoit yaratib bergan test markazi va Andijon davlat universiteti mas’ul xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Andijon viloyatidagi test sinovlari olimpiya zaxiralari maktab-internati sport majmuasi hamda Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti sport zalida ikki smenada tashkil qilingan.
ADU chet tillar fakulteti sport zalida bir smenada 600 nafar abiturientni qabul qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, birinchi smenada sinovlar soat 8:00da, ikkinchi smena sinovlari esa soat 15:00da boshlanishi belgilab qo‘yilgan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI