Andijon Davlat
Universiteti
TARIX FAKULTETI TALABALARI XITOYLIK OLIMLAR BILAN QADIMIY ERSHI SHAHRIDA QAZISHMA ISHLARINI OLIB BORMOQDALAR
2019-07-30    3069

Vatanimiz tuprog‘i qadim va navqiron. Azal-azaldan beri insoniyatning ko‘p ming yillik o‘tmishini o‘z ichiga oladi. Unda topilgan dalillar, ya’ni mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, shaharsozlik madaniyatini o‘zida aks ettiruvchi shahar harobalarining qoldiqlari buning yaqqol isbotidir. Jumladan, bizning Andijon ham shunday qadim tariximiz borki, bu jahon ilmiy jamoatchiligi tomonidan tan olinmoqda.

2012-yildan buyon Xitoy xalq respublikasi ijtimoiy fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti bilan hamkorlikda qadimgi Farg‘ona vodiysi o‘rnida joylashgan Dovon davlatining poytaxti deb tahmin qilinayotgan Ershi (hozirgi Marxamat tumanida joylashgan, o‘rta asrlardan boshlab Mingtepa deb atala boshlangan) shahar xarobalarini o‘rganish uchun Xalqaro qo‘shma hamkorlik shartnomasi imzolangan bo‘lib, 2016-yildan buyon qazishma ishlarida Andijon davlat universiteti tarix fakultetining talabalari ham ishtirok etib kelmoqdalar. Tadqiqot ishlari har yili sentabr-oktabr oylarida olib boriladi.
Bu yilgi tadqiqot ishlari esa har yilgidan ertaroq boshlangan bo‘lib, hozirda Mingtepada arxeologiyaga qiziquvchi tarix fakultetining 2, 3 va 4 bosqich talabalari ushbu ekspeditsiyada ishtirok etmoqdalar. Nihoyasiga yetib borayotgan tadqiqot ishlari talabalarning ham amaliy ham nazariy bilimlarini oshirishi bilan birgalikda Xitoy olimlarining tajribalarini o‘zlashtirishga, ular bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga imkoniyat yaratmoqda. Universitet talabalarining o‘z Vatani tarixiga qiziqishlari, bu yo‘lda chin dildan tadqiqot ishlarini olib borayotganlari Xitoy olimlarining ham e’tiborini tortdi.

Bugungi kungacha Mingtepada 20 dan ortiq nuqtada tadqiqot ishlari olib borilgan va davom ettirilmoqda va sezilarli natijalarga erishilmoqda.
Andijon viloyatidagi shu va shu kabi tarixiy qadamjolarimizdan Jalaquduq tumanidagi Dalvarzin, Izboskan tumanidagi Eylaton, Qorasuv shahridagi Qo‘shtepa-2 va boshqa tarixiy maskanlarimiz borki, o‘zida uzoq ming yillik tarix sirlarini asrab yotibdi. Ana shunday yodgorliklarni o'rganish va xalqimizni o'z tarixidan boxabar qilish biz tarixchilarning asosiy vazifasi bo'lmog'i lozim.
O‘ylaymizki, davlatimiz rahbari va Vazirliklar tomonidan bu sohani rivojlantirishga qaratilgan qabul qilinayotgan qator qaror va farmonlar kelgusida Vatanimiz, viloyatimiz tarixini yoritishda keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi va qolaversa, ichki va tashqi turizmni jadal rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.