Andijon Davlat
Universiteti
DEPUTAT FIKRI: IJODIY IMTIHONLAR BARCHA UCHUN OCHIQ VA SHAFFOF TARZDA O’TKAZILMOQDA
2019-07-29    2815

Ayni vaqtda respublikamizning qator oliy ta’lim muassasalarida alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo’nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo’lib o’tmoqda.

So’nggi yillarda oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish jarayonida juda katta ijobiy o’zgarishlar, qator yengilliklar berilmoqda. Ana shunday muhim yangiliklardan biri alohida iqtidor talab etadigan musiqa, sport, san’at turlariga oid ta’lim yo’nalishlariga talabalarni qabul qilishda test sinovlaridan voz kechib, abituriyentlarning ijodiy imkoniyatlarini namoyish qilish orqali o’qishga kirishi bo’ldi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati sifatida Andijon davlat universitetida ushbu jarayon bilan tanishdim. Universitetda 25-iyul kunidan Jismoniy madaniyat, xotin qizlar sporti, tasviriy san’at va muxandislik grafikasi, musiqiy ta’lim, vokal san’ati, cholg‘u ijrochiligi, Rangtasvir va Amaliy san’at yo‘nalishlari ta’lim yo‘nalishlari uchun ijodiy imtihonlar boshlangan.

E’tiborli jihati, har bir yo’nalishda imtihonlarni haqqoniy va shaffof o’ztkazish maqsadida imtihon oluvchi komissiya a’zolari o’z sohasining yetuk vakillari, taniqli san’at va sport mutaxassislari, professor-o’qituvchilar jalb etilgan. Ayniqsa, meni Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik yo’nalishida abituriyentlardan O’zbekiston xalq artisti Munojot Yo’lchiyevaning imtihon olishi to’g’risi ham hayratlantirdi, ham quvontirdi.

Shuningdek, imtihon jarayonlarining ota-onalar, jamoatchilik vakillari uchun ochiqligi, jamoatchilik nazoratini o’tkazish sharoitlar yaratilgan. Ota-onalar uchun salqin joylarda dam olish joylari tashkil etilib, imtihon jarayonlarini kuzatib turish uchun monitorlar o’rnatilgan. Xatto, ayrim yo’nalishlar: jismoniy madaniyat, musiqiy ta’lim, cholg’u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik yo’nalishlari imtihonlari ota-onalar va jamoatchilik vakillari uchun ochib qo’yilgan.

Abituriyentlarning imtihonlar jarayonida sog’ligini nazorat qilish uchun Tibbiy tez yordam mashinasi, tibbiy xizmat hodimlari jalb etilgan.

Umuman olganda, Andijon davlat universitetida ijodiy imtihonlar belgilangan tartib-qoidalar, haqqoniylik va shaffoflik prinsiplari asosida o’tkazilmoqda.

Yekaterina Smesova
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.