Andijon davlat universitetining Geografiya ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalari O‘zbekiston bo‘ylab (Andijon-Toshkent-Urganch-Buxoro-Samarqand-Andijon) kompleks malakaviy amaliyotga chiqdilar.
Amaliyotchi talabalar 2019-yil 11-iyulidan to 20-iyulga qadar Toshkent-Mirzacho‘l, Quyi Amudaryo, Zarafshon tabiiy geograik okruglarida bo‘ldilar. Ushbu okruglarning geologiyasi, orografiyasi, iqlimi, gidrologiyasi, flora va faunasi bilan yaqindan tanishdilar. Tabiati alohida muhofaza qilinadigan geografik obektlarida bo‘ldilar. Shuningdek, O‘zbekistonning bosh turistik markazlari Xiva, Buxoro, Samarqand kabi shaharlari bo‘ylab turistik-geografik amaliyot o‘tab keldilar.
Amaliyot davrida Quyi Amudaryo biosfera rezervatsiyasi, Amudaryo deltasi, Qizilqum cho’llari, Buxoro viloyatida joylashgan Jayron pitomnigi, Samarqand viloyatida joylashgan Zarafshon milliy tabiat bog’i va ko’plab turistik obektlarga tashrif buyurilib, ular haqida boy geografik ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Shuningdek, amaliyot davomida har bir hududda joylashgan oliy ta'lim muassasalari Geografiya kafedralari bilan hamkorlik aloqalarini istiqbollari bo'yicha rejalar tuzildi. Xususan, O'zbekiston Milliy universitetining yetakchi professor-o'qituvchilar bilan suhbat o'tkazildi. Beshta muhim tashabbus doirasida talabalarimiz va ularning tengdoshlari o'rtasida mini futbol musobaqalari o'tkazildi.
Amaliyot davomida talabalar tabiiy va iqtisodiy geografik ma’lumotlarni dala ekspeditsiya sharoitida to’plab, universitetda olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq eta oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI