Bugun, 25 iyul kuni Andijon davlat universitetida 2019-2020 o‘quv yili uchun Jismoniy madaniyat, xotin qizlar sporti, tasviriy san’at va muxandislik grafikasi, musiqiy ta’lim, vokal san’ati, cholg‘u ijrochiligi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy va amaliy imtihonlar boshlandi.
Imtihonlarni o‘tkazishga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan biriktrilgan mas’ul hodimlar – vazirlik qoshidagi ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Olimjon Xudoynazarov va BIMM bo‘lim boshlig‘i Yoqubjon Ergashevlar universitet rektori Akramjon Yuldashev bilan birgalikda imtihon topshiruvchi abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, barcha yaratilgan sharoitlar, imtihon o‘tkazish tartibi bilan yana bir bor tanishtirib, imtihonlarning adolatli va haqqoniy o‘tishini ta’minlanish uchun barcha choralar ko‘rilganini tushuntirib o‘tdilar.
Andijon davlat universiteti tomonidan ijodiy va amaliy imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar bo‘yicha abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga yetarli shart-sharoitlar yaratildi. Abituriyentlarning ijodiy imtihonlarini topshirishlari uchun zaruriy ish qurollari bilan to‘liq ta’minlandi. Farzandini qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan ota-onalar uchun kutish joylari va ijodiy imtihon jarayonlarini ochiq va shaffof o‘tishini kuzatib borishlari uchun monitorlar joylashtirildi.
Abiturientlarning ijodiy ishlarini xolis va haqqoniy baholash uchun boshqa tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalarining san’at, madaniyat va sport sohasining taniqli vakillari, yetakchi olimlari jalb etildi.
Xususan, Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik yo‘nalishi ijodiy imtihonlariga rais sifatida O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva, a’zo sifatida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘qituvchisi Muxabbat Salixova, TSMG, Musiqiy ta’lim, Jismoniy madaniyat yo‘nalishlari uchun
Guliston davlat universiteti professor-o‘qituvchilari A.Bobojonov, B.Nusharov, N.Raximov, Z.Xomidov, A.Taniberdiyev, M.Bairboyev, Cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi uchun yo‘nalishi uchun O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘qituvchisi A.Gochbakarovlar taklif etildilar.
Ijodiy imtihonlar boshlanmagan Rangtasvir va Amaliy san’at yo‘nalishlari uchun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutining professori A.Ikromjonov, dotsent V.Chursina, katta o‘qituvchilar O‘.Saidov va X.Umarovlar taklif etilgan.
Andijon davlat universitetiga kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar soni 5731 nafarni tashkil etib, ularning 3277 nafari kunduzgi, 2454 nafari sirtqi ta’lim shaklini tanlagan. Ularning yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
T/r |
Ta’lim yo‘nalishi nomi |
Ajratilgan o‘rinlar soni |
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni |
Kunduzgi bo‘lim |
|||
1 |
5111100 - Musiqiy ta’lim |
50 |
214 |
2 |
5112000 - Jismoniy madaniyat |
150 |
2149 |
3 |
5112001 - Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo`yicha) |
60 |
354 |
4 |
5150602 - Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik |
20 |
56 |
5 |
5110800 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi |
40 |
345 |
6 |
5150711 - Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (rubob prima, qashqar va afg‘on rubobi) |
20 |
55 |
7 |
5150801 - Rangtasvir: dastgohli |
20 |
57 |
8 |
5151201 - Amaliy sanat: badiiy kulolchilik |
20 |
47 |
Jami: |
380 |
3277 |
|
Sirtqi bo‘lim |
|||
1 |
5111100 - Musiqa ta’limi |
25 |
400 |
2 |
5112000 - Jismoniy madaniyat |
250* |
1728 |
3 |
5110800 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi |
25 |
326 |
Jami: |
300 |
2454 |
Ro‘yxatga olinganlar orasida imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilinadigan 54 abituriyentlar ham bo‘lib, ular sport musobaqalari, fan olimpiadalari va turli tanlovlarda g‘olib bo‘lganlar. Shundan:
- sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan 14 nafar abituriyent Jismoniy madaniyat, 12 nafar Xotin qizlar sporti, 21 nafar Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishlariga;
- fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan 1 nafar abituriyent Cholg`u ijrochiligi: xalq cholg`ulari (rubob prima, qashqar va afg`on rubobi), 4 nafar abiturient Musiqiy ta’lim yo‘nalishiga
- Badiiy akademiya tashkil etgan tanlovda g‘olib bo‘lgan ikki nafar abituriyent esa Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tganlar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI