Andijon Davlat
Universiteti
MEHRI UMMON QADAR
2017-10-07    10710
Yosh avlodga bilim va tarbiya berishdek o‘ta murakkab, o‘z kasbiga mehr va sadoqatni, butun borlig‘ini bag‘ishlashni, fidoyilikni talab etadigan sharafli kasb egalari – “Ustoz va murabbiylar kuni” bayramini nishonlash arafasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 25 sentabr kungi “Oliy ta’lim muas­sasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichi yakuni to‘g‘risida”gi 689-sonli buyrug‘i bilan tanlov g‘oliblari e’lon qilindi. Oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali pedagog kadrlarni aniqlash, ularning faoliyati nufuzini yanada oshirish,
 
O‘qitishning innovatsion texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda sog‘lom raqobat va ijodkorlik muhitini yara­tish, oliy ta’lim muassasalari pedagogla­rining kasbiy ravnaqini rag‘batlantirish va mahoratini oshirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tanlovning "Eng yaxshi pedagog- tadqiqotchi" (gumanitar fanlar) yo'nalishi bo‘yicha g'oliblarining ichida o‘zbek tilshu­nosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori SHAHOBIDDINOVA SHOHIDA HOSHIMOVNAning borligi butun universitet jamoasi uchun haqiqiy bay­ram tuhfasi bo‘ldi.
 
 
Sh.Shahobiddinova ham pedagog, ham tadqiqotchi sifatida, darhaqiqat, res-publikamizda ko‘zga ko‘ringan ustoz-oli­malardan sanaladi. Pedagogik mahorat, mashg‘ulotlarni tashkil qilish va tu­shuntirish uslubi, ilmiy tafakkur, il­miy mushohadaning kengligi Shohida Shahobiddinovaning g‘olib bo‘lishida omil bo‘lgan jihatlar desak, yanglishmagan bo‘lamiz.
 
Olimalik va murabbiylik Shohida Shahobiddinovaning qonida bor. Onasi – Hafizaxon aya uzoq yillar o‘rta maktabda dars bergan fidoyi ustoz bo‘lgan. Ota tomo­nidan bobosi islom ilmida ko‘zga ko‘ringan nomoyondalardan biri – Shahobiddin qori Mo‘minjon o‘g‘li edi.
 
“Shohidaxon juda samimiy, dilkash, o‘z navbatida, qattiqqo‘l va talabchan ustoz – deydi dotsent Usmonjon Rahimov. – Tinim­siz o‘qish, izlanishda bo‘ladi, mashaqqatli mehnatdan qochmaydi. Shu bois, o‘zbek til­shunosligi rivojiga ko‘p mehnati singdi. Shogirdlariga doimo kamtarlikni, fido-yilikni uqtiradi”. 
 
Sh.Shahobiddinova 1992 yildan oliy ta’limda faoliyat yurita boshlaboq, tala­ba-yoshlar bilan tinimsiz ishlab, ularni ilmga yo‘naltirish bilan shug‘ullanib ke­ladi. Uning rahbarligida bir necha tala­balar davlat stipendiyalariga musharraf bo‘ldilar. Ulardan ayrimlari hozirda Sh.Shahobiddinova rahbarligida doktorlik ishi ustida ishlamoqdalar. Xususan, Navo­iy nomidagi davlat stipendiyasi sovrin­dorlari Yulduz Mirzaahmedova, Dilafruz Sarimsoqova kabilarni ko‘rsatish mumkin. Talabalik yillaridan iqtidorini namo-yish qilib kelgan Dilshod Rustamov “Eras­mus” fondi tanlovlarida g‘olib chiqib, 2016 yilda Italiyaning Piza universite­tida malaka oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda Sh.Shahobiddinova rahbarligida doktorlik ishini yakunlamoqda. Shuningdek, fakultetlararo chet tillari kafedrasi o‘qitvchisi Dilrabo Rustamova ham doktor­lik ishini yakunlash arafasida. Unga ilmiy va ijtimoiy sohadagi yutuqlari uchun vi­loyat hokimligi tomonidan “Kamolot” uyi berildi, “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘ldi. Yana bir shogirdi Sadoqat Nurmonova Na­voiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan. U ham hozirda doktorlik ishini yakunlamoqda. Zulfiya nomidagi Davlat mu­kofoti sovrindori Saidabonu Abdullaeva uning rahbarligida o‘zbek va ingliz tilla­rida muloqot odatining o‘ziga xos xususiyat­lari yo‘nalishida tadqiqot olib bormoqda. 2007 yildan buyon Sh.Shahobiddinova rahbarligida amalga oshirib kelinayotgan 2 ta amaliy va 2 ta fundamental loyihalarda talabalar, magistr va doktorantlar faol ishtirok etib keladilar.
 
Uning rahbarligida tayyorlangan fan nomzodlari ijtimoiy hayotning turli sohalarida faoliyat olib bormoqda. Xusu­san, dots. Zebo Qobulova Andijon viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institu­tida kafedra mudiri lavozimida ishlab keladi.
 
Sh.Shahobiddinova 1992 yildan Andi­jon davlat tillar pedagogika instituti (2010 yildan ADU tarkibiga qo‘shilgan) da faoliyat yuritib, dekan o‘rinbosari, o‘quv bo‘limi boshlig‘i, reyting markazi boshlig‘i, kafedra mudiri, ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor lavozim­larida muvaffaqiyatli ishlab, barkamol avlodni tarbiyalash ishiga munosib hissa qo‘shgan. 1993 yili – 24 yoshida – «Gramma­tik ma’no talqini xususida» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini (ilmiy rahbar – prof. H.G‘.Ne’matov), 2001 yili – 32 yoshida – «Umumiylik va xususiylik dia­lektikasi hamda uning o‘zbek tili morfo­logiyasida aks etishi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini (ilmiy maslahatchi – prof. A.Nurmonov) himoya qilgan. Dotsent (1997), professor (2011) ilmiy unvonlarini olgan. 130 ga yaqin ilmiy ishlar, shu jumladan, 2 darslik, 1 monografiya, 5 qo‘llanma mualli­fi. Uning rahbarligida 2 ta fan nomzo­di tayyorlangan. Hozirda 3 ta katta ilmiy xodim-izlanuvchiga rahbarlik qilmoqda. 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi granti g‘olibi sifatida Rossiya federatsi­yasida, 2008, 2010 yillarda O‘zbekiston Res-publikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilish akademiyasida malaka oshirgan. Keyingi 3 yilda respublika va xorij nashrlarida 10 dan ortiq maqola va 2 ta o‘quv qo‘llanmasi chop etildi. Viloyat hokimligi (2015) va OO‘MTV (2014) maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi. Xalq ta’li­mi a’lochisi (2015 yil).
 
O‘zbek tilining tatbiqiy yo‘nalishlarini amalga oshirishning dastu­rini ishlab chiqish” (“ITD-1-57), “A-1-39. “O‘zbek amaliy psixolingvistikasini yara­tish dasturini ishlab chiqish” loyihalari rahbari sifatida shu kungacha asosan naza­riy fan sifatida tushunib kelingan til­shunoslikning amaliy yo‘nalishlaridan bo‘lgan psixolingvistika muammolariga doir 3 ta ilmiy-amaliy anjuman tashabbu­skori bo‘ldi.
 
Respublika va viloyat miqyosida xalqlar do‘stligini mustahkamlashga bag‘ishlangan qator tadbirlar tashkilotchisidir. Xusu­san, rus va qirg‘iz madaniyati kunlari, siyo­siy bayramlarga bag‘ishlangan bir necha tad­birlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
 
Sh.Shahobiddinovani ushbu nufuzli tanlovdagi yutug‘i hamda Ustoz va murab­biylar kuni bilan samimiy tabriklab, o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.
 
Fursatdan foydalanib, universitet­da faoliyat yuritayotgan barcha professor-o‘qituvchilarni, faxriy ustozlarni qutlug‘ bayram bilan tabriklab, barchalariga sihat-salomatlik, oilalariga baxtu saodat, ezgu ishlarida yangi yutuq va omadlar tilayman.
 
Hech qachon kam bo‘lmang, umringizdan ba­raka toping, aziz va mehribon ustozlar!
Umida AHMEDOVA
Universitet xotin-qizlar qo'mitasi raisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.