Andijon Davlat
Universiteti
TARIX FAKULTETI TALABALARI AMALIYOTNI KO’HNA TARIXIY SHAHARLARDA O’TAB QAYTDILAR
2019-07-22    4461

Tarix (jahon mamlakatlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi talabalari O’zbekiston tarixi fanidan belgilangan malakaviy amaliyotni yurtimizning qadimiy shaharlarida amalga oshirdilar.

So’nggi yillarda oliy ta’lim tizimida nazariy ta’lim davomida berilgan bilimlarni belgilangan dastur asosida amaliyotda qo’llash orqali yashovchanligini oshirish va mustahkamlash, talabalarning o’z mutaxassisliklari bo’yicha zaruriy bilim, ko’nikma va malakani egallashga alohida o’rin berilmoqda. Andijon davlat universitetida ham ta’lim jarayonida bu jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Universitet rektorining tegishli buyrug’iga asosan Tarix fakultetining 61 nafar talabalari 3 nafar professor-o’qituvchilar hamrohligida 10-16-iyul kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlariga amaliyotga yuborildilar. Talabalar qadimiy shaharlarda saqlanib qolgan asori-atiqalar, mahalliy aholi etnografiyasi, taponimik manbalar, arxeologik tadqiqot o’tkazilayotgan manzilgohlar, qishloq xo’jaligi va sanoatni rivojlantirishga ixtisoslashtirlgan hududlar, shaharsozlik, hozirgi kunda qad ko’tarayotgan aholi punktlari bilan yaqindan tanishishni maqsad qilib qo’ydilar. 

 

Amaliyotchilar dastlab Toshkent shahrida “O’zbekiston tarixi davlat muzeyi”, “Amir Temur va Temuriylar tarixi davlat muzeyi”, “Islom Abdug’aniyevich Karimov uy muzeyi” va Toshkent shahrining ko’chalari o’rganildi.

Undan keying manzil bo’lmish Samarqand shahrida O’zbekiston tarixida qadimiy shahar toponimikasi, etnologiyasi, qadimiy yodgorliklar va asori-atiqalar me’moriy yodgorliklar bilan tanishildi. Registon maydoni, Go'ri Amir va boshqa ko'plab jahonga mashxur tarixiy yodgorliklarga tashrif amalga oshirildi.

 

Undan so’ng talabalarimiz 2500 yillik tarixga ega Buxoroda olib borilayotgan arxeologik obyektlardagi ilmiy tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishib, bu ilmiy tadqiqot ishlarida oz bo’lsa-da ishtirok etdilar. Minorai Kalon, Masjidi Kalon, X asrda qurilgan Jome masjidi talabalarda hayrat va qiziqish uyg'otdi.

Ochiq osmon ostidagi muzey shahar deb nom olgan Xiva shahrida esa talabalar Ichan qal’adagi tarixiy obidalar, undagi qurilish-ta’mirlash ishlari, muzeylardagi eksponatlar bilan tanishdilar.

Malakaviy amaliyot davomida O’zbekistonning tarixiy shaharlariga qilingan safar talabalar qalbida o’z ona yurtiga, buyuk tariximizga bo’lgan mehr-muhabbatni oshirish barobarida buyuk ajdodlarimizdan o’rnak olib, kelajakni ham ana shunday qurishga ruhlantirdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.