2019-yil 20-iyuldan 2019/2020-o‘quv yili test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni tarqatish boshlanadi. “Abituriyent ruxsatnomasi”ni tarqatish quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Abiturientlar 20-iyuldan boshlab Internet orqali Davlat test markazi www.dtm.uz rasmiy veb-saytining “Ruxsatnomani chop etish” bo‘limidagi maxsus oynaga pasport (yoki tug‘ilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqamini kiritadi.
2. Ekranda paydo bo‘lgan “ABITURIYENT RUXSATNOMASI” va “ABITURIENTGA ESLATMA”ni chop etib oladi.
3. Bularni internet tarmog‘iga ulangan kompyuter bo‘lgan xoxlagan joyda: uyda, Internet klublari va boshqa joylarda amalga oshirish mumkin va bu juda ham qulay usul.
Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 23-26-iyul kunlari va Sirtqi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 27-29-iyul kunlari yashash joyidan qat’i nazar quyidagi tashkilotlarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:
- ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;
- ixtiyoriy Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari;
- ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlari.
Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uzrasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha “Abiturient ruxsatnomasi”ni abiturientga chop etib beradi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI