Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA IJODIY IMTIHONLAR QANDAY O’TKAZILMOQDA?
2019-07-19    3962

Bugun, 19-iyul kuni Andijon davlat universitetida 2019/2020 o‘quv yili uchun abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlar olinishi belgilangan ta'lim yo‘nalishlari uchun ijodiy imtihonlar boshlandi.

Imtihonlar Qirg‘iz tili va adabiyoti, Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish va boshqarish, Ijtimoiy madaniy faoliyat, Sharq tillari (arab, urdu, fors, ispan tillari), Ko‘zi ojiz abituriyentlar (hujjat topshirgan ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha) yo‘nalishlariga belgilangan dastur asosida o‘tkazilmoqda.

Bugun Qirg‘iz tili va adabiyoti yo‘nalishiga Qirg‘iz tili va adabiyoti fanidan, Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo’nalishiga yozma ish, Ijtimoiy madaniy faoliyat ta’lim yo’nalishiga insho, sharq tillarini asosiy til sifatida o’qigan abituriyentlar uchun sharq tillaridan yozma, og’zaki, tarjima, matn tuzish, Ko‘zi ojiz abituriyentlardan yozma ish shakllarida imtihonlar o’tkazildi.

Ijodiy imtihonlarni shaffof va haqqoniy o’tkazish uchun kuzatuv kameralari o’rnatildi va boshqa barcha choralar ko’rildi.

Komissiya a’zolariga yozma ish daftarlari shifrlab topshirildi va holis va haqqoniy baholashlari ta’minlandi.

Og’zaki shakldagi imtihonlar esa abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari kuzatuvida o’tkazilmoqda.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.