2019-yil 29-iyul kuni soat 10:00 da universitetning asosiy binosidagi faollar zalida “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan “2019-2021 yillarda xorijda doktorantura va magistratura, malaka oshirish hamda stajirovka dasturlari bo‘yicha o‘qitishga ajratilgan o‘rinlardan kelib chiqqan holda, ustuvor mutaxassisliklarni va mavjud ehtiyojlarni aniqlash” maqsadida tashkil qilinadigan amaliy-uslubiy seminarga taklif etadi. Seminarda universitetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar hamda ta’lim olayotgan bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.
“El-yurt umidi” jamg’armasi stipendiya dasturida ishtirok eting va yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalariga doktorantura, magistraturaga, stajirovka va malaka oshirishga yo’llanmani yutib oling.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI