Bugun, 15-iyuldan boshlab Andijon davlat universitetida Oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha hududiy ishchi guruh o‘z ishini boshladi.
Andijon viloyatida hududiy ishchi guruh raisi — Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev;
Arizalar ishchi guruhlarda 5 avgustga qadar har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) qabul qilinadi.
O‘qishni ko‘chirish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar:
- Ariza (ariza blankalari hududiy ishchi guruhiga murojaat qilingan vaqtda hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi);
- Reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi;
- Passport nusxasi.
Qayd etilgan hujjatlardan boshqa, ko‘chirishga bo‘lgan sabablarni asoslovchi hujjatlarni topshirish majburiy emas (tavsiyaviy harakterga ega).
Xorijiy OTM muassasalaridan O‘zR OTMlariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirganlar o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan maxsus sinov topshiradilar (masalan, Andijon davlat tibbiyot institutining Davolash ishi ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar - biologiya, kimyo, ona tili va adabiyoti fanlaridan imtihon topshiradilar).
Mazkur maxsus sinovlarning o‘tkazilish shakli va muddati O‘zR ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangandan so‘ng Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy-veb saytida e’lon qilinadi.
Xorijiy OTMlaridan maxsus sinovlarsiz ko‘chiriladigan Rossiya Federatsiyasi davlat oliy ta’lim muassasalari (oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatdan joy olgan) ro‘yxati iyul oyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Andijon davlat universitetining rasmiy veb-saytida va telegramm kanalida e’lon qilinadi.
O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha:
Chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’iy nazar o‘qishni qayta tiklash to‘g‘risidagi arizalar muayyan OTM tomonidan ko‘rib chiqiladi va qaror qabul qilinadi.
O‘qishni qayta tiklash (ko‘chirib tiklash emas) bo‘yicha arizalar har bir OTMning qabul komissiyasi tomonidan 2019 yilning 15 iyulidan 5 avgustiga qadar qabul qilinadi.
Oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha barcha ma’lumotlarni Andijon viloyatida hududiy ishchi guruhining “Call center” – Murojaat markaziga raqami - (74) 225-02-08 ga murojaat qilishingiz mumkin. Shuningdek, talabalar o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha ma’lumotlar bilan Andijon davlat universiteti rasmiy telegram kanali – Adu.uz (@asu_uz) da tanishib borishingiz mumkin.
O‘qishini ko‘chirmoqchi, ko‘chirib tiklamoqchi yoki qayta tiklamoqchi bo‘lganlarga Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27-apreldagi 360-sonli qarorlari bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi. O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash NIZOMI bilan bu yerda (Ochish) va unga kiritilgan o’zgarishlar bilan bu yerda (Ochish) tanishishingiz mumkin.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI