Andijon Davlat
Universiteti
HUSHXABAR! MATEMATIKA KAFEDRASI KATTA O’QITUVCHISI ALIYEVA JAMILA RAYIMJONOVNA PHD DISSERTATSIYASINI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILDI
2019-07-13    3044

Bugun Matematika kafedrasi katta o’qituvchisi Aliyeva Jamila Rayimjonovna O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi falsafa doktori ilmiy daraja beruvchi PhD.30.08.2018.FM/T.01.12. raqamli Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishida fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Nosirov Murod Zakirovich ilmiy rahbarligidagi «Kremniyda 3d va I, III–V guruh elementlari atomlarining diffuziya parametrlari» (01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari) mavzusidagi dissartatsiyasini himoya qildi.

Dastlab, J.Aliyeva nazariy va amaliy ahamiyatga molik ushbu dissertatsiya ishi mazmuni, mavzuning dolzarbligi, ishning ilmiy jihati va amaliy ahamiyati  o’z fikrlari va ish bo’yicha o’z xulosalarini bildirdi.

Rasmiy opponentlar: fizika-matematika fanlari doktori, professor Abduraxmanov Kaxxar Pattaxovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor Zikrillaev Nurullo Fatxullaevichlar dissertatsiya bo’yicha o’z fikrlarini bildirib, uning amaliy ahamiyati juda yuqori ekanligini ta’kidladilar. Norasmiy opponent sifatida fikr bildirgan boshqa ishtirokchilar ham ushbu dissertatsiya ishiga yuqori baho berdilar.

Dissertatsiya muhokamasidan keyin yopiq ovoz berish natijalariga ko’ra Matematika kafedrasi katta o’qituvchisi Aliyeva Jamila Rayimjonovnaning «Kremniyda 3d va I, III–V guruh elementlari atomlarining diffuziya parametrlari» (01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari) mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissartatsiya ishi yuqori baholanib, Kengash a’zolari tomonidan 100% ovoz bilan ma’qullandi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan Aliyeva Jamila Rayimjonovnani tabriklaymiz hamda kelajakdagi ilmiy ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!  

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.