O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan quyidagi OTMlarga qo‘shimcha joy ajratildi.
Bu haqida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy telegram kanali edu.uz kanali xabar bermoqda.
Unga ko’ra Andijon davlat universitetining “Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga sirtqi ta’lim shakli uchun to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha 200 ta o’rin ajratildi.
Shuningdek xabarda aytilishicha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Oliy adabiyot kursi” magistratura mutaxassisligiga ham davlat granti asosida qo‘shimcha 10 ta o’rin ajratilgan.
Bundan tashqari, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, respublika hududida tashkil etilgan va tashkil etilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini o'tkazish tartibi ham belgilandi. Unga ko'ra, qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni qabul qilish ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqichda abiturientlar Davlat test markazi tomonidan alohida tashkil etiladigan test sinvolarida ishtirok etadilar;
2-bosqichda abiturientlar xorijiy hamkor tomonidan belgilangan kirish imtihonlarini topshiradilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI