2019/2020 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda birinchi marta faqatgina Andijon davlat universitetida Ona tili va adabiyoti (qirg‘iz tili va adabiyoti) magistratura mutaxassisligi uchun qabul amalga oshiriladi.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat parametrlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 17 iyun kungi PQ-4359-sonli qarorida belgilangan.
Konstitutsiyamizning tegishli normalariga asosan davlatimizda milliy ozchilikni tashkil etuvchi millatlarni boshqa huquqlari bilan bir qatorda ta’lim olish huquqini ta’minlash muhim masalalardan biri. Bugungi kunda respublikamizdagi aholining 2 foizga yaqinini (300 mingga yaqin) qirg‘iz millatiga mansub aholi tashkil etadi. Ular uchun 42 ta qirg‘iz tilida ta’lim beruvchi umumta’lim maktablari mavjud bo‘lib, ushbu maktablarda 7859 ta o‘quvchi tahsil olmoqda (2018-2019 o‘quv yili). Andijon viloyatida esa bunday maktablar soni 25 tani tashkil etadi. Ushbu maktablar uchun zarur bo‘lgan kadrlar tayyorlash maqsadida Andijon davlat universitetida O‘zbekistonda yagona Ona tili va adabiyoti: qirg‘iz tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi mavjud edi. So‘nggi yillarda ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga ta’lim berish uchun ilmiy-pedagogik kadrlarga extiyoj mavjud edi. Ona tili va adabiyoti (qirg‘iz tili va adabiyoti) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kvotalar ajratilganligi ushbu muammoni hal qilishda katta qadam bo‘ldi. Endi Farg‘ona vodiysi bo‘yicha qirg‘iz tili va adabiyoti bo‘yicha bakalavriatura va magistratura bo‘yicha kadrlar tayyorlashda katta qadam bo’ldi.
Ma’lumot uchun, ushbu o‘quv yilida Andijon davlat universiteti uchun 2019-2020 o‘quv yili uchun bakalavriaturaning 36 ta ta’lim yo‘nalishlari kunduzgi ta’lim shakli uchun 390 ta grant va 1725 ta shartnoma, jami 2115 ta, sirtqi ta’lim shakli uchun 13 ta’lim yo‘nalishiga 875 ta o‘rin, shu bilan birga magistraturaning 20 ta mutaxassisliklari uchun 102 ta o‘rin ajratilgan. Hozirgi kunga qadar Andijon davlat universitetiga hujjat topshirgan abiturientlar soni 7 mingdan ortdi.
Rivojlanayotgan sohalar uchun zarur bo‘lgan hamda ish beruvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga qabul amalga oshirilmoqda.
Andijon davlat universitida 8 ta yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 2 ta yangi magistratura mutaxassisliklarida qabul amalga oshiriladi.
Bakalavriatura:
- Texnologik ta’lim - 50 ta (10 ta grant/40 ta kontrakt);
- Vokal san’ati (turlari bo‘yicha) - 20 ta (5 ta grant/15 kontrakt);
- Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha) -20 ta (5 ta grant/15 kontrakt);
- Rangtasvir (turlari bo‘yicha) - 20 ta (5 ta grant/15 kontrakt);
- Amaliy san’at (turlari bo‘yicha) - 20 ta (5 ta grant/15 kontrakt);
- Madaniyat va san’at muassasasalarini tashkil etish hamda boshqarish - 20 ta (5 ta grant/15 kontrakt);
- Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) - 25 ta (5 ta grant/20 kontrakt);
- Ijtimoiy-madaniy faoliyat - 20 ta (5 ta grant/15 kontrakt).
Magistratura:
- Ona tili va adabiyoti (qirg‘iz tili va adabiyoti) - 4 ta;
- Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta’limi) - 4 ta.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI