Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI REKTORINING "YOSHLAR KUNI" MUNOSABATI BILAN UNIVERSITET YOSHLARIGA YO'LLAGAN TABRIGI
2019-06-30    2857

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING QADRLI YOSHLARI!

Sizlarni yoshlik va shijoat bayrami - 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!

So‘nggi yillarda davlatimiz va hukumatimiz tomonidan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangicha samarali tizim barpo etish bo‘yicha qilinayotgan ishlarni alohida e'tirof etishimiz lozim.

''Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida''gi qonunning yangi tahririni qabul qilinishi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining tuzilishi bu sohadagi ishlarning naqadar salmoqli ekanini ko‘rsatib turibdi. Oliy ta'lim muassasalarida 1-prorektor sifatida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor hamda dekan o‘rinbosari lavozimlarini joriy etilishi, Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkilotlarining yangicha asosda faoliyat yuritishi sohadagi islohotlarni uzviyligini ta'minlamoqda.

Sizlarning universitetimiz nomidan fan olimpiadalari, ''Zakovat'', ''Intellektual maydon'', ''Tafakkur sinovlari'', "Huquq bilimdonlari", "Talabalar teatr studiyasi'', ''QVZ'', sport olimpiadalari, jahon chempionatlari, boshqa turli darajadagi intellektual va sport musobaqalaridagi muvaffaqiyatli ishtirokingiz bir tomondan bizda doimo faxr, iftixor tuyg‘ularini uyg‘otsa, boshqa tomondan kelajagimiz munosib yoshlar qo‘lida ekanligidan sevinamiz.

Sizlarning yonib turgan ko‘zlaringizga qarab, shuni aytishim mumkinki, marrani doimo baland oling! Hech ham qo‘rqmang, intiling, o‘qing o‘rganing, aslo ortga chekinmang! Siz barcha ezgu ishlarga qodirsiz!

Sizlarga sog‘lik-salomatlik, shijoat, metin iroda, qalb pokligini tilayman.

Men universitetimiz talabalari - siz farzandlarimni yurtimizning tom ma'nodagi farzandi, xalqimizning suyanchi va tayanchi, barcha insoniy fazilatlar egasi va buyuk bobolarimizning munosib izdoshi bo‘lish baxtiga erishishingizni istab qolaman.

Aziz farzandlarim!

Sizlarni YOSHLAR KUNI bilan yana bir bor chin yurakdan tabriklayman, oilaviy baxt, o‘qish va mehnat faoliyatingizda zafarlar tilayman!

Doimo baxtli, sog‘-salomat bo‘ling Andijon davlat universitetining men uchun qadrli yoshlari!

Cheksiz ishonch va muhabbat ila Andijon davlat universiteti rektori Yuldashev Akramjon Sultanmuradovich


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.