Andijon Davlat
Universiteti
QABUL – 2019: UNIVERSITETGA HOZIRGA QADAR QANCHA ABITURIYENT HUJJAT TOPSHIRDI?
2019-06-29    10149

2019-2020 o‘quv yili uchun Andijon davlat universitetiga 36 ta bakalavriaturaning ta’lim yo‘nalishlari kunduzgi ta’lim shakli uchun 390 ta grant va 1725 ta shartnoma, jami 2115 ta, sirtqi ta’lim shakli uchun 13 ta’lim yo‘nalishiga 875 ta o‘rin, shu bilan birga 20 ta magistratura mutaxassisliklari uchun 102 ta o‘rin ajratilgan. Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun alohida besh foizli qabul ko‘rsatkichlariga asosan Andijon davlat universiteti bakalavriat ta’lim yo’nalishlari kunduzgi ta’lim shakli uchun jami 106 ta o’rin ajratilgan bo’lib, ularning 20 tasi grant, 86 tasi shartnoma. Sirtqi ta’lim shakli uchun esa, shartnoma asosida 29 ta o’rin ajratilgan.

Hozirgi kunga qadar Andijon davlat universiteti qabul komissiyasi orqali 3588 nafar abituriyentlar hujjat topshirgan bo’lib, ularning 3281 nafari universitet ta’lim yo’nalishlariga o’qishga kirish uchun ro’yxatga olingan.

2019-2020 o‘quv yili uchun bakalavriaturaga universitet uchun yangi 8 ta’lim yo‘nalishlari: Texnologik ta’lim, Vokal san’ati (turlari bo‘yicha), Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha), Rangtasvir (turlari bo‘yicha), Amaliy san’at (turlari bo‘yicha), Madaniyat va san’at muassasasalarini tashkil etish hamda boshqarish, Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha), Ijtimoiy madaniy faoliyat bo‘yicha birinchi marta talabalar qabul qilinadi.

Qabul jarayonini havfsizligini ta’minlash, abiturientlar va ularning ota-onalari uchun qulayliklar yaratish uchun barcha choralar ko‘rilgan. Xususan, universitet hududida O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Andijon boshqarmasi vakillari  ko‘rmoqda, qabul amalga oshiriladigan binoga kirishda metall detektori qurilmasi joylashtirilgan.

Qabul komissiyasi raisi, mas’ul kotibi, maslahatchilar abiturientlar va ularning ota-onalarini qabul qilib, tegishli yordam ko‘rsatmoqdalar. Universitet hududida abiturientlar uchun ta’lim yo‘nalishlari va fakultetlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan bannerlar joylashtirilgan.

Abiturientlar va ularning ota-onalari uchun salqin hududda kutish joylari tashkil etildi. Hujjat topshirish jarayonida tirbandliklar hosil bo‘lmnasligi uchun 50 dan ortiq operatorlar, jami 100 dan ziyod hodimlar, ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida tibbiy shahobcha xodimlari jalb etilgan.

Shuningdek, uzluksiz ishlovchi Murojaatlar markazi (“call-center”) tashkil etilgan bo‘lib, qabul jarayoni bo‘yicha 5 ta telefon ishlab turibdi. Qulaylik yaratish maqsadida universitetning rasmiy telegram kanali Adu.uz (https://t.me/asu_uz)ning @aduuzbbot boti va universitetning Facebook.com ijtimoiy tarmog’idagi rasmiy sahifasi www.fb.com/andsu.uz messenger xizmati orqali murojaatlar qabul qilinmoqda. To‘lov amalga oshirilishi belgilangan abiturientlar uchun Xalq bankining sayyor kassasi faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.