Andijon Davlat
Universiteti
NAZARIY BILIMLAR AMALIYOTDA MUSTAHKAMLANADI: TABIIY FANLAR FAKULTETI TALABALARI O‘QUV DALA AMALIYOTIGA YUBORILDI
2019-06-25    3781

Andijon davlat universitetining Biologiya hamda Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishi 1-2 bosqich talabalari o‘quv dala amaliyotiga yuborildi.

Ma’lumki, bugun oliy ta’lim tizimida kadrlar sifatini oshirish uchun nazariy ta’lim jarayonini amaliyot bilan bog‘lash, talabalar bilimini yashovchanligini oshirish, ularni ishlab chiqarishga tayyor yetuk malakali kadr sifatida yuborish dolzarb masalaga aylangan.

Ayni vaqtda universitetimizda talabalarning ishlab chiqarish, o‘quv va dala amaliyotlarini na’muna asosida tashkil etish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda.

2019 yilning 24 iyun kuni Andijon davlat universitetining Biologiya, Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishlarining 1 va 2 bosqich talabalari universitetning Xo‘jaobod tumani Karnaychi MFYda joylashgan “Xo‘jaobod oromgohi amaliyot bazasida”ga o‘quv dala amaliyotiga yuborildilar. Rejaga ko‘ra o‘quv dala amaliyoti Botanika va Zoologiya fanlaridan olingan nazariy bilimlarni dala sharoitida amaliy o‘rganishlar orqali mustahkamlash, tabiiy muhit sharoitida o‘simliklarni o‘rganish, aniqlash va ulardan keyinchalik foydalanish uchun gerbariylar tayyorlash, hayvonot olami bilan tanishish, ularni vakillarnii aniqlash, funksional preparatlar va mulyajlar tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.

O‘quv dala amaliyoti 24 iyundan boshlanib 1 kurs talabalari uchun 4 xafta (72 soat), 2 kurs talabalari uchun 4 xafta (144 soat) xajmida bajariladi. Amaliyot davomida tajribalar uchun zarur bo‘ladigan barcha laboratoriya jihozlari olib kelingan.

Amaliyotga Zoologiya va bioyokimyo xamda ekologiya va botanika kafedrasi professor-o‘qituvchilari rahbarlik qilmoqda.

Talabalarning havfsizligi va sog‘ligini doimiy nazorat qilish uchun ichki ishlar organlari xamda sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlari biriktirilgan. Talabalarning madaniy hordiq chiqarishini ta'minlash maqsadida turli badiiy va ko'ngilochar tadbirlar uyushtirilishi rejalashtirilgan.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.