Andijon Davlat
Universiteti
DEPARTAMENT HODIMLARI UNIVERSITETDA KORRUPSION HOLATLAR PROFILAKTIKASIGA BAG’ISHLANGAN SUHBAT TASHKIL ETDI
2019-06-21    3709

Bugun universitetimizda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati Andijon shahri hodimlari korrupsion holatlar profilaktikasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdilar. Yig‘ilishni universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Sh.Mamatyusupov ochib, oliy ta’lim muassasalarida davlat attestatsiya sinovlari, qabul jarayonlarini shaffof, adolatli va qonuniy o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga ayrim nopok kimsalar tomonidan qonunni aylanib o‘tishga intilishlar kuzatilayotganini ta’kidladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bu boradagi har qanday qonun buzilish holatlariga chek qo‘yilib, tegishli jazoning muqarrarligi ta’minlanayotganligini bildirdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati Andijon shahri bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Nuriddinov Muxammadjon No‘monovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 27 may kungi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini mazmun mohiyatini tushuntirib, ushbu farmon ijrosini ta’minlash borasida qilingan ishlar, 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining yangi tarkibi haqida ma’lumot berib, joriy yilning birinchi choragida sodir etilgan jinoyatlar va ularni keltirib chiqargan shart-sharoitlarga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Oliy ta’lim tizimida ham mana shunday korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish va bu boradagi xamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Ayniqsa, bunday holat mamlakat kelajagiga rahna solishini, shu bois, jamoa orasida ham targ‘ibot-tashviqot ishlarini to‘xtatmaslikni, professor-o‘qituvchilar ongida korrupsiya juda yomon salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi muqarrar ekanini singdirish lozimligini ta’kidladi. M.Nuriddinov o‘z so‘zi davomida 2019 yilning 17 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev va jurnalistlar ishtirokida o‘tkazilgan press konferensiyaga to‘xtalib, unda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, korrupsiyaning oldini olish masalalari bo‘yicha bildirilgan muhim fikrlarni qayd etib o‘tdi.

Jumladan, Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotgan targ‘ibotlar xalqimizning fikrida korrupsiyaga murosasizlik kayfiyatini singdirish, bunday jinoyatlarga jazo muqarrar degan dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Katta yoki kichik lavozimdagi mansabdorlarning jinoyatlari ochiqlanayotgani, ulardan xalq xabardor qilinayotganining asosiy sababi ham shu. Bu borada OAVlarning o‘rniga alohida urg‘u berildi.

Qayd etilishicha, korrupsiyaning oldini olish uchun qonunga o‘zgarishlar ham kiritilayapti. Masalan, Jinoyat kodeksining pora berganlik va pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik keskin kuchaytirilgan, mazkur jinoyatlar uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar toifasidan o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar toifasiga o‘tkazilgan, ularning sanksiyalarida 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlanishi ko‘zda tutilgan.

Shundan so‘ng, bo‘lim katta inspektori Asqarov Farruxbek Sodiqjonovich so‘z olib, o‘tgan davr mobaynida korrupsiyaga qarshi keskin kurash amalga oshirilayotgani, bu boradagi jinoyatlarni profilaktikasi bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etilayotganini qayd etib o‘tdi. Bugungi kunda kadrlar masalasi dolzarb mavzuga aylangan bir vaqtda oliy ta’lim muassasalarida korrupsion holatlarining qayd etilishi O‘zbekiston taraqqiyotiga eng katta to‘siq bo‘lishini qayd etdi. Xususan, 2018 yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida 67 nafar xodimlar jinoiy javobgarlikka tortilgan, shundan 34 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va talon-toroj qilishda, 15 nafari firibgarlikda, 15 nafari poraxo‘rlikda ayblangan. Bu kabi holatlar oliy ta’lim tizimi rivoji uchun katta to‘siqqa aylanmoqda. Universitetda bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

 

Nodirbekov Furqatbek
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.