2019 yil 17 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilishning davlat parametrlari to’g’risida”gi PQ-4359-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorning 1-ilovasiga asosan 2019/2020 o‘quv yilida Andijon davlat universitetida tegishli ta’lim yo’nalishlari bo’yicha ajratilgan o’rinlar quyidagi jadvalda keltirilgan.
№ |
Shifr |
Ta’lim yo‘nalishlari nomi |
2019/2020 o‘quv yili uchun qabul parametrlari |
||
Jami |
Shu jumladan |
||||
Grant |
Kontrakt |
||||
1 |
5110200 |
Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi |
20 |
5 |
15 |
2 |
5110700 |
Informatika o‘qitish metodikasi |
80 |
10 |
70 |
3 |
5110800 |
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi |
40 |
10 |
30 |
4 |
5110900 |
Pedagogika va psixologiya |
60 |
15 |
45 |
5 |
5111100 |
Musiqa ta’limi |
50 |
10 |
40 |
6 |
5111300 |
Ona tili va adabiyoti: qirg‘iz tili va adabiyoti |
20 |
5 |
15 |
7 |
5111301 |
Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda |
100 |
10 |
90 |
8 |
5111400 |
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili |
150 |
35 |
115 |
9 |
5111401 |
Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili |
50 |
5 |
45 |
10 |
5111402 |
Xorijiy til va adabiyoti: fransuz tili |
40 |
5 |
35 |
11 |
5111600 |
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi |
25 |
5 |
20 |
12 |
5111700 |
Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish |
100 |
30 |
70 |
13 |
5111800 |
Maktabgacha ta’lim |
150 |
30 |
120 |
14 |
5112000 |
Jismoniy madaniyat |
150 |
30 |
120 |
15 |
5112001 |
shu jumladan, xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha |
60 |
15 |
45 |
16 |
5112100 |
Texnologik ta’lim |
50 |
10 |
40 |
17 |
5120100 |
Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili |
125 |
25 |
100 |
18 |
5120101 |
Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili |
80 |
20 |
60 |
19 |
5120300 |
Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) |
50 |
10 |
40 |
20 |
5130100 |
Matematika |
125 |
25 |
100 |
21 |
5140100 |
Biologiya (turlari bo‘yicha) |
125 |
10 |
115 |
22 |
5140200 |
Fizika |
100 |
10 |
90 |
23 |
5140300 |
Mexanika |
25 |
5 |
20 |
24 |
5140500 |
Kimyo |
100 |
10 |
90 |
25 |
5140600 |
Geografiya |
60 |
5 |
55 |
26 |
5150600 |
Vokal san’ati (turlari bo‘yicha) |
20 |
5 |
15 |
27 |
5150700 |
Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha) |
20 |
5 |
15 |
28 |
5150800 |
Rangtasvir (turlari bo‘yicha) |
20 |
5 |
15 |
29 |
5151200 |
Amaliy san’at (turlari bo‘yicha) |
20 |
5 |
15 |
30 |
5151700 |
Madaniyat va san’at muassasasalarini tashkil etish hamda boshqarish |
20 |
5 |
15 |
31 |
5210200 |
Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) |
25 |
5 |
20 |
32 |
5220300 |
Arxivshunoslik |
25 |
5 |
20 |
33 |
5231600 |
Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi |
25 |
5 |
20 |
34 |
5321000 |
Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) |
25 |
5 |
20 |
35 |
5610400 |
Ijtimoiy-madaniy faoliyat |
20 |
5 |
15 |
36 |
5630100 |
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
25 |
5 |
20 |
Andijon davlat universiteti bo’yicha jami |
2115 |
390 |
1725 |
Jadvalda ko’rganingizdek, abituriyentlar 2019-2020 o’quv yili uchun yil universitetga 36 ta ta’lim yo’nalishiga, 390 ta grant va 1725 ta shartnoma, jami 2115 ta o’rin uchun hujjat topshirishlari mumkin. O’tgan yil bilan solishtiradigan bo’lsak, universitetimizda 2019-2020 o’quv yili uchun 8 ta yangi ta’lim yo’nalishlariga birinchi marta hujjatlar qabul qilinadi. Ular quydagilar: 5112100 – Texnologik ta’lim, 5150600 – Vokal san’ati (turlari bo‘yicha), 5150700 - Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha), 5150800 – Rangtasvir (turlari bo‘yicha), 5151200 – Amaliy san’at (turlari bo‘yicha), 5151700 – Madaniyat va san’at muassasasalarini tashkil etish hamda boshqarish, 5210200 – Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha), 5610400 – Ijtimoiy-madaniy faoliyat. Shuningdek, bu yil avvalgi o’quv yilida qabul qilingan ta’lim yo’nalishilaridan 5111000 – Kasb ta’limi (5330200 - informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha)) va 5112100 - Mehnat ta’limi yo’nalishlariga kvota ajratilmagan.
PQ-4359-sonli qarorning 2-ilovasiga ko’ra 2019/2020 o‘quv yilida Andijon davlat universiteti uchun bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari ham tasdiqlangan bo’lib, quyidagi jadvaldan ajratilgan o’rinlar sonini bilib olishingiz mumkin.
№ |
Shifr |
Ta’lim yo‘nalishlari nomi |
2019/2020 o‘quv yili uchun qabul parametrlari |
||
Jami |
Shu jumladan |
||||
Grant |
Kontrakt |
||||
1 |
5110700 |
Informatika o‘qitish metodikasi |
25 |
|
25 |
2 |
5110800 |
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi |
25 |
|
25 |
3 |
5110900 |
Pedagogika va psixologiya |
25 |
|
25 |
4 |
5111100 |
Musiqa ta’limi |
25 |
|
25 |
5 |
5111600 |
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi |
25 |
|
25 |
6 |
5111700 |
Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish |
225 |
|
225 |
7 |
5111800 |
Maktabgacha ta’lim |
275 |
|
275 |
8 |
5112000 |
Jismoniy madaniyat |
50 |
|
50 |
9 |
5112100 |
Texnologik ta’lim |
25 |
|
25 |
10 |
5120100 |
Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili |
50 |
|
50 |
11 |
5120300 |
Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) |
50 |
|
50 |
12 |
5140100 |
Biologiya (turlari bo‘yicha) |
50 |
|
50 |
13 |
5210200 |
Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) |
25 |
|
25 |
Andijon davlat universiteti bo’yicha jami: |
875 |
|
875 |
Sirtqi ta’lim shakliga qabul uchun jami 13 ta ta’lim yo’nalishlariga hujjatlar qabul qilinib, ulardan, 4 tasi universitetimiz uchun yangi: 5110800 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 5111100 - Musiqa ta’limi, 5112100 - Texnologik ta’lim, 5210200 - Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo’nalishlari uchun ham o'rinlar ajratilgan.
Joriy yilda maxsus sirtqi bo‘lim uchun kvotalar ajratilmadi va qabul bo‘lmaydi. Bu yildan boshlab maxsus sirtqilar uchun biroz boshqacharoq tartib joriy qilinadi, ya’ni vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining (ish beruvchilar) tavsiyasi asosida to‘lov-kontrakt asosida sirtqi va kechki ta’lim shakliga qabul qilinadi. Bunda xodim kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lishi kerak va ular keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab beradi. Kirishda test bo‘lmaydi, shunchaki suhbat asosida qabul qilinadi. Bunda, o‘qishga qabul qilish tegishli ish beruvchilarning tavsiyasi asosida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar hisobidan keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan ish faoliyatiga mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat natijalariga asosan amalga oshiriladi.
Bu bo‘yicha savollar juda ko‘p berilmoqda, lekin to‘liq tartib tasdiqlanmaguncha hech narsa deb bo‘lmaydi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda buning tartibini hamda tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxatini tasdiqlaydi.
Qarorning 4-ilovasiga muvofiq 2019/2020 o‘quv yilida Andijon davlat universiteti magistraturasiga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari haqida quyidagi jadval orqali bilib olishingiz mumkin:
№ |
Shifr |
Magistratura mutaxassisliklarining nomi |
2019/2020 o‘quv yili uchun qabul parametrlari |
||
Jami |
Shu jumladan |
||||
Grant |
Kontrakt |
||||
1 |
5A110701 |
Ta’limda axborot texnologiyalari |
4 |
1 |
3 |
2 |
5A110902 |
Pedagogika va psixologiya |
4 |
1 |
3 |
3 |
5A111201 |
O’zbek tili va adabiyoti |
5 |
1 |
4 |
4 |
5A111301 |
Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o’zga tilli guruhlarda) |
6 |
1 |
5 |
5 |
5A111301 |
Ona tili va adabiyoti (qirg'iz tili va adabiyoti) |
4 |
1 |
3 |
6 |
5A111401 |
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) |
9 |
3 |
6 |
7 |
5A111601 |
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) |
4 |
1 |
3 |
8 |
5A111602 |
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (huquq ta’limi) |
4 |
1 |
3 |
9 |
5A111701 |
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) |
6 |
2 |
4 |
10 |
5A111801 |
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) |
6 |
2 |
4 |
11 |
5A112001 |
Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi |
4 |
1 |
3 |
12 |
5A120101 |
Adabiyotshunoslik (o'zbek adabiyoti) |
4 |
1 |
3 |
13 |
5A120102 |
Lingvistika (o'zbek tili) |
6 |
1 |
5 |
14 |
5A120301 |
O’zbekiston tarixi |
4 |
1 |
3 |
15 |
5A130101 |
Matematika (yo’nalishlar bo’yicha) |
6 |
2 |
4 |
16 |
5A140101 |
Biologiya (fan yo’nalishi bo’yicha) |
6 |
6 |
|
17 |
5A140202 |
Fizika (yo’nalishlar bo'yicha) |
6 |
6 |
|
18 |
5A140208 |
Qayta tiklanuvchan energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi |
4 |
4 |
|
19 |
5A140501 |
Kimyo (fan yo'nalishi bo'yicha) |
6 |
6 |
|
20 |
5A630102 |
Ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) |
4 |
2 |
2 |
Andijon davlat universiteti bo’yicha jami: |
102 |
44 |
58 |
Magistratura kvotalariga e’tibor beradigan bo’lsak, juda ko‘p yo‘nalishlarda faqat davlat granti turibdi, kontrakt yo‘q. Ayrim yo‘nalishlar uchun faqat davlat granti asosida qabul joriy etilganidir.
Agar e’tibor berilsa, magistratura uchun ajratilgan 102 o‘rindan 44 tasi (43,1%) davlat granti asosida, qolgan 58 tasi (56,9%) esa kontrakt asosida. O‘tgan yilgi bilan solishtirganda bu juda katta o‘zgarish. Chunki o‘tgan yili umumiy kvotaning 28%i grant, 72%i kontrakt bo‘lgandi.
Bundan tashqari, joriy yildan boshlab magistratura uchun ham qo‘shimcha kontrakt asosida qabulga ruxsat berildi, ayrim yo‘nalishlarda faqat davlat granti bo‘lganining sababi ham shunda. Mabodo kimdir grantga kira olmasa, qo‘shimcha to‘lov bilan kontraktda o‘qishi mumkin.
Shuningdek, qarorning 6-ilovasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun alohida besh foizli qabul ko‘rsatkichlari ham tasdiqlandi, unga ko’ra Andijon davlat universiteti bakalavriat ta’lim yo’nalishlari kunduzgi ta’lim shakli uchun jami 106 ta o’rin ajratilgan bo’lib, ularning 20 tasi grant, 86 tasi shartnoma.
Sirtqi ta’lim shakli uchun esa, shartnoma asosida 29 ta o’rin ajratilgan.
Yana bir bor eslatib o’tamiz Andijon davlat universitetida qabul hay'atining Qo’ng’iroq markazlari (call center) o'z ishini davom ettirmoqda:
+998-74-223-88-26
+998-74-223-83-56
+998-74-223-83-51
+998-74-223-83-65
+998-74-225-02-08
Andijon davlat universiteti siz azizlarga elektron pochta orqali ham xizmat qilishdan mamnun, marxamat o'z savollaringiz bilan murojaat qilishingiz mumkin: qabul@adu.uz
Shuningdek, universitetning rasmiy telegram kanali Adu.uz (https://t.me/asu_uz)ning @aduuzbbot boti va universitetning Facebook.com ijtimoiy tarmog’idagi rasmiy sahifasi www.fb.com/andsu.uz messenger xizmati orqali murojaatlar qabul qilinadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI