Ayni kunlarda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga 2019-2020-o’quv yili uchun qabul jarayonlari rasman boshlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan 2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilishning parametrlari tasdiqlandi:
Unga ko’ra respublika bo’yicha bakalavrlar tayyorlash uchun:
kunduzgi ta’lim shakliga – 80 430 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga – 19 985 nafar;
kechki ta’lim shakliga –1 985 nafar.
magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 7 695 nafar.
Andijon davlat universiteti uchun esa qabul kvotalari 2115 tani tashkil etdi. Shulardan 390 ta o’rin grant uchun, 1725 ta o’rin esa to’lov kontrakt uchun ajratilgan. Bu raqamlarni o’tgan yildagiga solishtirsak, umumiy kvota soni 245 taga ko’paygan. Grant uchun 25 ta o’ringa kamaygan bo’lsa, shartnoma uchun 270 taga ko’paygan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab, harbiy qism qo’mondonligi tavsiyanomalariga ega bo’lganlar uchun alohida kvota tasdiqlandi. Unga ko’ra bakalavriatning kunduzgi shakliga 4008 ta, sirtqi shakli uchun 908 ta, kechki shakli uchun 99 ta o’rin ajratildi.
Andijon davlat universiteti uchun esa, bu ko’rsatkichlar quyidagicha taqsimlangan: kunduzgi ta’lim shakliga 106 ta, sirtqi ta’lim shakli uchun 86 ta o’rin ajratilgan.
Shuningdek, yangi o’quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha bosqich talabalariga, o‘z xohishlariga ko‘ra kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash huquqi beriladi. Bu haqida @davletovuz telegram kanalida xabar berilmoqda.
Shularni hisobga olgan holda universitetimizda ham qabul jarayonlarini abituriyentlar uchun qulay holda o’tkazish uchun barcha choralar ko’rilgan. Hujjat topshirish jarayonida tirbandliklar hosil bo’lmnasligi uchun 50 dan ortiq operatorlar, jami 100 dan ziyod hodimlar jalb etilgan. Qabul komissiyasi raisi, mas'ul kotib, maslahatchilar abituriyentlar va ularning ota-onalarini qabul qilib, tegishli yordam ko'rsatmoqdalar.
Abituriyentlar uchun ta’lim yo’nalishlari va fakultetlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan pannolar joylashtirilgan. Qabul jarayonlari o’tkaziladigan hududlarni ko’rsatuvchi belgilar o'rnatilgan.
Shuningdek, uzluksiz ishlovchi Murojaatlar markazi (“call-center”) tashkil etilgan bo’lib, qabul jarayoni bo’yicha quyidagi 5 ta raqamga murojaat qilishingiz mumkin: +998-74-223-88-26, 998-74-223-83-56, +998-74-223-83-51, +998-74-223-83-65, +998-74-223-02-08. Shuningdek, universitetning rasmiy telegram kanali Adu.uz (@asu_uz)ning @aduuzbbot boti va universitetning Facebook.com ijtimoiy tarmog’idagi rasmiy sahifasi www.fb.com/andsu.uz messenger xizmati orqali murojaatlar qabul qilinadi.
Qabul jarayonlarida ko’ngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida tibbiy shahobcha xodimlari jalb etilgan. Ota-onalar uchun soya salqin kutish maskanlari ham tashkil etilgan.
Hurmatli abituriyentlar! Andijon davlat universitetiga marhamat. Kelajakni biz bilan birga quring. Sifatli ta’lim, keng imkoniyatlar, kelajak mutaxassisliklarining barchasi Andijon davlat universitetida mavjud.
Quyida qarorning qisqacha mazmuni bilan tanishtirib o'tamiz:
Harbiy abiturientlarning bahstalab imtiyozlari alohida kvota bilan almashdi (harbiylarni qabul qiladigan universitetlar ro'yxati)
"Harbiylar"ga respublika OTMlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishda alohida qabul kvotalari ajratilishi bu yildan boshlandi. Avvallari "harbiylar" umumiy qabul kvotasi doirasida o‘qishga qabul qilinar edi. Bu harbiy xizmatni o‘tash uchun ko‘proq fuqarolarni jalb qilish maqsadida joriy etilgan chora edi. Lekin bora-bora bu imtiyozlar boshqa fuqarolar, ayniqsa ayol-qizlar huquqiga daxl qilayotgani ayon bo‘ldi va jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘layotgan edi.
Nogironlarga alohida kvota beriladi
Nogironlarga qo‘shimcha ikki foizli davlat granti ajratildi. Ularga kunduzgi, sirtqi yoki kechki ta’lim shakllaridan birida ta’lim olish huquqi beriladi.
Stipendiyali yoki stipendiyasiz "kontrakt" to‘lashni tanlash mumkin
To‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha talabalarga o‘z xohishlariga ko‘ra kontrakt to‘lovini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash huquqi beriladi.
Besh yil ishlab qo‘ygan xodimlar tashkilotlarning tavsiyanomalari asosida test sinovlarisiz talabalikka qabul qilinadi
Bu amaliyot SSSRda ham bor edi. Vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining (ish beruvchilar) ehtiyojlaridan kelib chiqib OTM ushbu tashkilotlar xodimlarini kontrakt asosida (faqatgina!) sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qitishi mumkin.
O‘qishga kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan ish beruvchilarning tavsiyasi asosida suhbat natijalariga ko‘ra qabul qilinadi. O‘qish xodimlarning hisobidan bo‘ladi.
Magistraturada faqat turdosh yo‘nalish emas, istagan yo‘nalishda o‘qish mumkin
Endi magistraturaga faqat bakalavrda ham shu turdosh yo‘nalishda o‘qiganlar qabul qilinmaydi. Magistraturaga hujjat topshirishga oid cheklovlar bekor qilindi. Masalan, filolog bakalavrlar axborot texnologiyalari bo‘yicha magistraturaga topshirishi mumkin bo‘ldi. Alohida mutaxassisliklar va ularga muvofiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Rektorlarga to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash huquqi berildi
- Oliy ta’lim muassasalari rektorlariga chet el fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash huquqi berildi.
- rektorlar tabaqalashtirilgan kontrakt qiymatining Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan minimal baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda mustaqil belgilaydi. Bunda OTMning salohiyati va hududiy joylashuvi, shuningdek, abiturientlarning oliy ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olinadi.
- tabaqalashtirilgan kontrakt bo‘yicha qabul abiturientlarning to‘plagan ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI