2019-yilning 14-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev universitet Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi (TSNQB) faoliyati bilan yaqindan tanishdi. U. Toshkenboyev universitet TSNQB tomonidan qabul qilingan farmon, qaror, buyruq va belgilangan vazifalarning ijro etilishi, ularning samarasi va bajarishda mumkin bo‘lgan muammolar bilan qiziqdi.
Shu munosabat bilan TSNQB boshlig‘i Dilshodbek Nurmatov bo‘lim tomonidan 2018-2019-o‘quv yilida universitet fakultetlari va kafedralari faoliyatini o‘rganish ishlari va ko‘rsatilayotgan uslubiy yordam hamda universitet rahbariyati tomonidan bo‘lim xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan qisqacha hisobot berib o‘tdi.
Davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Toshkenboyev bo‘lim tomonidan tashkil qilingan ishlarning natijalariga to‘xtalar ekan, xar bir amalga oshirilgan chora-tadbirlar aniq va samarali bo‘lishi lozimligini, aks xolda sa’y-harakatlar bexudaga ketishi mumkinligini bildirdi.
Shuningdek, inspeksiya boshlig‘i bo‘lim xodimlari tomonidan Italiyaning Piza universiteti xamda Qirg‘izistoning O‘sh va Jalolobod universitetlariga tashrif buyurib, ularda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tegishli Departamentlar bilan olib borilgan samarali xamkorlik ishlariga ijobiy baho berdi. Ushbu tajribani butun respublikamizdagi OTMlar TSNQBlari faoliyatida qo‘llashini tashkil etish maqsadida seminar-trening o’tkazish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berdi.
O‘z navbatida, Davlat inspeksiyasi rahbari universitetda ta’lim sifatini yana ham oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini berib, yaqin kelajakda OTM reytingini ko‘tarish va dunyo reytingida ham munosib o‘rinni egallashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni asosiy maqsad qilib belgilab berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI