Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ PROFESSOR-O’QITUVCHILARI «EL-YURT UMIDI» JAMG‘ARMASI STIPENDIYA TANLOVI G’OLIBI BO’LDILAR
2019-06-08    3460

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi 2019 yilgi oliy ta’lim tizimidagi nomzodlar uchun stipendiya tanlovini e’lon qilgan edi.

Ushbu tanlov bir necha bosqichda o‘tkazilib, mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga malaka oshirish, stajirovka va doktoranturaga yuborishni ko‘zda tutadi. Jamg‘arma Vasiylik kengashining 2019 yil 7 maydagi 9-son bayoniga asosan tanlovning so‘nggi natijalari e’lon qilindi.

Quvonarlisi, stipendiya tanlovida ishtirok etgan universitetimiz professor-o‘qituvchilaridan 8 nafari: Isakov Ruslan Shavkatovich, Nabieva Dilora Abduxamidovna, Nurmonova Dilfuza Abduxamidovna, Egamnazarova Durdona Shuxratillaevna, Tulanbaeva Shaxnozaxon Shavkatbekovna, Satimova Dilafruz No‘monjonovna, Mamaraxmonov Muxamatdin Xomidovich, Abdulloev Obidjon Shaxabidinovichlar stipendiya tanlovining barcha bosqichlarida yuqori ball to‘plab, yakunda muvaffaqiyatga erishdilar.

Bugun Jamg'arma tomonidan ushbu stipendiya tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Taqdirlash marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslaxatchisi A.A.Abduvaxitov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi direktori A.Sh.Bekmurodovlar so'zga chiqib, g'oliblarni muborakbod etdilar va ular yaqin kelajakda xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida malaka oshirib, stajirovka o'tab qaytib, mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun zarur bo'lgan bilimli va salohiyatli kadrlar tayyorlashda peshqadamlar safida bo'lishlari lozim ekanligi, ushbu yutuq g'oliblarga alohida mas'uliyat ham yuklashini ta'kidlab o'tdilar.   

G‘oliblarimizni ushbu yutuq bilan tabriklab, ilmiy va pedagogik faoliyatlarida yanada yuqori marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.