Andijon Davlat
Universiteti
XALQARO PRESS KLUB ANDIJONDA: MUAMMOLAR, TAHLIL VA TEZKOR YECHIM
2019-06-04    3489

Bugun Andijon davlat universitetida Xalqaro press klubining ''O‘zbekistonda oliy ta'lim tizimi: islohotlarning yangi bosqichi, muammolarning chuqur tahlili va tezkor yechimlar'' mavzusidagi sessiyasining Andijon viloyati oliy ta'lim muassasalariga bag‘ishlangan soni bo‘lib o‘tdi. Sessiyada mavjud muammolarni tahlil qilish va ularga yechim topish orqali zamonaviy talablarga javob bera oladigan kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Ushbu jarayon jonli efirda "O'zbekiston 24" kanali orqali efirga uzatildi.

Uch soat davom etgan sessiya ishida oliy ta'lim tizimiga oid 20 dan ortiq masalalar ochiq, tanqidiy-tahliliy ruhda ko'rib chiqildi. Hozirgi vaqtda Andijon viloyati oliy ta'lim muassasalaridagi mavjud kamchiliklar, jumladan, moddiy-texnik bazaning eskiligi, nazariy mashg'ulotlar amaliyotlar bilan bog'lanmaganligi, ish beruvchilar va mehnat bozori talablari hisobga olinmayotganligi, yangi avlod o'quv adabiyotlarining kamligi yoki ayrim yo'nalishlarda umuman mavjud emasligi, xorijiy mamlakatlar tajribalarining amaliyotga joriy etilishining kamligi,

talabalarda o'qishga motivning yo'qligi, ayrim professor-o'qituvchilarning darslarni to'g'ri va sifatli tashkil eta olmasligi, talabalarning turli ommaviy tadbirlarga ko'p jalb etilishi, talabalarning formasiga asosiy masala deb qarash, mazmunga emas shaklga ko’proq e’tibor berish, qog'ozbozlik va korrupsion holatlarning mavjudligi va boshqa ko'plab sabablar ko'rsatildiki, bular ta'limning sifatini tushurib yuborayotganligi aniq dalillar va misollar orqali ko'rsatib berildi.

Shuningdek, uchrashuvda turli takliflar ham berilib, ushbu takliflar bevosita yuqoridagi muammolarni hal etishga yordam beradi.

Ayniqsa, talabalar tomonidan ko’rsatib o’tilgan muammolar va kamchiliklar baxs-munozaralarga sabab bo’ldi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar vakillari, ish beruvchilar tomonidan ham turli kamchiliklar ko’rsatildi. O’z navbatida ularga oid muammolar bo’yicha ham tegishli savollar berildi.

Umuman olganda, Xalqaro press klub sessiyasi juda foydali va samarali o'tdi. Bu uchun Xalqaro press klub raisi Sherzod Qudratxo'jayev va klub a'zolariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.