Andijon Davlat
Universiteti
XORIJIY MAMLAKATLAR BILAN HAMKORLIK ALOQALARI YANADA KUCHAYMOQDA (ADU ga Fransiya elchixonasi va Sharda universiteti vakillari tashrifi)
2019-06-03    3837

Andijon davlat universitetiga o’tgan haftada turli xorijiy mamlakatlar vakillari tashrif buyurib, universitet rektori Akramjon Yuldashev bilan uchrashuvlar o’tkazildi. Uchrashuvlarda ta’limning turli sohalari bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Xususan, 31 may kuni Fransiyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisining ta’lim masalalari bo’yicha o’rinbosari Sofi Jint xonim tashrif buyurdi. Sofi Jint xonim universitetning Fransuz tili va adabiyoti ta’lim yo’nalsihi talabalari bilan uchrashib, ular bilan suhbat qurdi. Suhbatda talabalar bilan Fransiyadagi ta’lim tizimi haqida tushuncha berib, talabalarimizning bilim darajasini sinab ko’rdi. Talabalardan O’zbekistondagi ta’lim tizimi haqida, uninf afzalliklari haqida so’radi. 

Shundan so’ng, S. Jint xonim universitet rektori A.S.Yuldashev bilan uchrashib, hamkorlik masalalari haqida suhbatlashdi. Fransuz tili va adabiyoti yo’nalishi uchun o’quv adabiyotlarini yetkazib berish, professor-o’qituvchilarning Fransiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga malaka oshirishga yuborishni yo’lga qo’yish masalalari istiqbollari ko’rib chiqildi. Sofi Jint xonim samimiy mehmondo’stlik uchun tashakkur bildirdi.

Shu kuni universitetimizga Andijon shahrida tashkil etilayotgan Sharda universiteti vakillari tashrif buyurdilar. Sharda universiteti Texnologiya va muhandislik fakulteti dekani professor Parma Nand va fakultetning xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i R.M.Mehra tashrif buyurdilar. Mehmonlar uchrashuvda universitetimiz bilan Sharda universiteti o’rtasida axborot xavfsizligi, mexanika kabi yo’nalishlarda hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish bo’yicha takliflar bildirdilar. Uchrashuv do’stona ruhda xar tomonlama samarali o’tdi.

Eslatib o’tamiz, Prezidentimizning tegishli qarori bilan yangi o’quv yilidan Andijon shahrida Hindistonning Sharda universiteti filiali ochilishi belgilangan bo’lib, universitet mehnat bozoriga qarab 60 ga yaqin mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlaydi. Universitetning 30 mingga yaqin talabasi bo’lib, ularning barchasi xorijiy talabalardir.

  

 

Axborot xizmati  
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.