Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI BELORUSSIYANING POLOTSK DAVLAT UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIKDA KADRLAR TAYYORLAYDI
2019-05-31    3411

Avval xabar berganimizdek, universitetimiz rektori Akramjon Yuldashev va xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i F.Alimovlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Belorussiya Respublikasining Polotsk davlat universitetiga xizmat safari uyushtirdilar.

Tashrifning ikkinchi kunida dastlab delegatsiyamiz vakillari bilan Polotsk davlat universiteti rektori D.N.Lazovskiy hamrohligida Novopolotsk shahri ijroiya qo’mitasi raisi birinchi o’rinbosari S.O.Semyonichev bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda hamkorlikning tashkiliy masalalari, uning keyingi istiqbollari muhokama qilindi.

Shundan so’ng, Polotsk davlat universitetining yuridik va jismoniy madaniyat fakultetlari moddiy texnik bazasi, laboratoriyalar faoliyati bilan tanishildi. Yuridik fakultetda tashkil etilgan sud majlisi zali, jismoniy madaniyat fakultetining fiziologiya laboratoriyalari, zamonaviy yopiq va ochiq sport maydonlari eng so’nggi jihozlar bilan ta’minlangan bo’lib, bu darslarni sifatli tashkil etishda, talabalarga nazariy bilimlarini amaliyotga joriy etishda katta ahamiyat kasb etadi.

 

Kunning so’nggida Polotsk davlat universiteti kichik majlislar zalida Andijon davlat universiteti delegatsiyasining ikki kunlik tashrifi yakunlariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda ADU va PGU rektorlari, prorektorlar, professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar. Yig’ilish yakunida ikki oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan o’zaro anglashuv Memorandumi va hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo’yicha kelishuvlar imzolandi.

Unga ko’ra, kelajakda ikki oliy ta’lim muassasasi Jismoniy madaniyat va sport, Maktabgacha ta’lim, Mehnat ta’limi, Turizm va mehmondo’stlik bakalavr ta’lim yo’nalishlari bo’yicha 2+2 o’quv dasturlarini amalga oshirish bo’yicha kelishuvga erishildi. Bu yo’nalishlarda talabalar 2 yil Andijon davlat universitetida, 2 yil Polotsk davlat universitetida tahsil olishi, ikki tomonlama tasdiqlangan diplomlar taqdim etilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, kelishuvga ko'ra ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida ilmiy hamkorlik aloqalarini ham rivojlantirish ko'zda tutilgan. Xususan, hamkorlikda ilmiy konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar tashkil etishga, ikki oliy ta'lim muassasasi ilmiy jurnallarida maqolalar chop etishni yo'lga qo'yishga kelishib olindi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu xizmat safari xar tomonlama foydali va samarali o’tdi. Hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.