Andijon Davlat
Universiteti
“ZAMONAVIY MENEJMENTNING DOLZARB MASALALARI”GA BAG’ISHLANGAN RESPUBLIKA KONFERENSIYASI O’TKAZILDI
2019-05-17    3236

2019 yil 15 may kuni ADU «Iqtisodiyot» kafedrasi mas’ulligida “Zamonaviy menejmentning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda AQSH xalqaro ta’lim markazi professori, Jahon fermerlar kengashi vitseprizidenti, Xindistonning Akola universiteti rektori, doktor Dani Raviprokash Govandrov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi” a’zosi T.P.Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Korrupsiya, sud-huquq masalalari qo‘mitasi” a’zosi AA.Jumaboev, TDIU huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirshning ilmiy asoslari  va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi sektor mudiri, i.f.d., prof. M.A.Qodirov va  TDIU, O‘zMU, TATU Farg‘ona filiali, Andijon mashinasozlik instituti, Toshkent agrar davlat universiteti Andijon filiali, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimidagi Xodimlarning malakasini oshirish o‘quv  markazi xodimlari, Andijon shahar hokimligi, Andijon shahar iqtisodiyot va sanoat boshqarmasi xodimlari, Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyat boshqarmasi, Andijon viloyat statistika boshqarmasi, Andijon shahar bandlikka ko‘maklashish markazi xodimlari ham ishtirok etdilar.

Konferensiyada ko’plab professorlar, tadqiqotchilar, yosh olimlar o’zlarining tadqiqot natijalarini tahlil qilib berdilar. Ayniqsa, doktor Dani Raviprokash Govandrov “Menejmentning xalqaro tajribalari” mavzusidagi hamda i.f.d., prof. M.A.Qodirovning “Maqsadli dasturlash mintaqalar iqtisodiyotini boshqarishni tartibga solish vositasi sifatida” mavzusida ma’ruzalari barcha qatnashchilarda katta qiziqish uyg’otdi.

Anjumanda olimlar va tadqiqotchilar bilan bir qatorda ishlab chiqarish korxonalari, viloyat hokimligi, iqtisodiyot boshqarmasi va boshqa tashkilotlar vakillarining ishtirok etishi ham uning ahamiyatini yanada oshirdi.

Konferensiya yakunlangach tashrif mehmonlar universitet tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga tashrif buyurdilar va muzey eksponatlari bilan tanishdilar. 

Konferensiya uchun jami 140 ta ilmiy tezislar qabul qilinib, shundan, 1 ta xorijdan, 44 ta tezis esa mamlakatimizning turli oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilari va yosh tadqiqotchilari tomonidan taqdim etildi.

Qodirov Dostonbek 
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.