Andijon Davlat
Universiteti
22-MAY - XALQARO BIOXILMA-XILLIK KUNI
2019-05-23    3432

22-may - Xalqaro bioxilma-xillik kuni. Shu munosabat bilan Andijon davlat universititeti ekologiya va botanika kafedrasi jamoasi tomonidan «Bizning bioxilma-xillik ozuqamiz sog'ligimiz kafolati» shiori ostida tadbir o'tkazildi. Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad talabalarga bioxilma-xillik tog'risida uni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma'lumotlar berish orqali intellektini yuksaltirish.

Tadbirda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ta'lim yo'nalishi 1-3-bosqich talabalari va kafedra jamoasi ishtirok etdi. Tadbir 3 bosqichda o'tkazildi:1-bosqichda bioxilma-xillik nima ekanligi to'g'risidagi ma'lumotlar jamoa sardorlari tomonidan bayon qilindi.

2-bosqichda esa bioxilma-xillikni saqlab qolishda amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar munozara tarzida yoritildi.

3-bosqichda O'zbekiston Respublikasi qizil kitobiga kiritilgan o'simlik va hayvonot turlari haqida ma'lumotlar berildi.

Tadbir davomida barcha ishtirokchilar bioxilma-xillik to'g'risida muhim ma'lumotlarga ega bo’ldilar.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bunday tadbirlarni o‘tkazish va keng jamoachilikka targ'ibot qilish orqali bioxima-xillikni saqlashda yuqori samaraga erishish mumkin.

Omonova Yulduzoy
Tabiiy fanlar fakulteti Yoshlar ittifoqi matbuot yetakchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.