Andijon Davlat
Universiteti
NOMI BARHAYOT OLIM!
2019-05-17    3206

Kuni kecha o‘zbek tilshunosligining zabardast vakili, fidoyi olim, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”, “Shuhrat” medali, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, filologiya fanlari doktori, professor Abdulhamid Nurmonov tavalludiga 77 yil to‘ldi.

Shu munosabat bilan oliygohimizda 15-may sanasida O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan “Nutq madaniyati va o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Unda Respublikamiz hamda qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining oliy ta’lim muassasalaridan bir guruh olimlar ishtirok etdilar.

Ustoz ushbu o‘quv dargohidagi 45 yillik faoliyati davomida o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchiligidan professor darajasiga ko‘tarildi. Jamoatchi olim sifatida pedagogika fakultetida dekan, maxsus fanlarni o‘qitish va o‘zbek tilshunosligi kafedralarida mudir, universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimlarida xizmat qildi, tilshunoslik kafedrasi professori bo‘lishi bilan birga, kadrlar malakasini oshirish markazi direktori vazifasida faoliyat ko‘rsatdi.

O‘zbek tilshunosligining ulug‘ darg‘asi professor Abduhimid Nurmonovning porloq xotirasi uning do‘stlari, shogirdlari, fan va ta’lim ahlining qalbida mangu yashaydi!

Imronbek Yahyoyev
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.